Buxgalteriya balansi Reja



Download 187,09 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi187,09 Kb.
#344347
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu Buxgalteriya balansi


Buxgalteriya balansi

Reja

    1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi, mazmuni va ahamiyati

    2. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar

    3. Buxgalteriya balansi turlari

    4. Buxgalteriya balansi - korxonalarning moliyaviy ahvolini o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi

Korxona va tashkilotlarda xo‘jalik faoliyatini boshqarish bevosita mablag‘larning holatiga, ulardan foydalanish darajasiga, mablag‘larning aylanish tezligiga bog‘liqdir. Balansni iqtisodiy jihatdan olganda xo‘jalik mablag‘larini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha bir-biriga tengligini ta’minlaydi deb aytish maqsadga muvofiqdir.

“Balans” so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan.

Buxgalteriya hisobida “balans” tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:

  1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schyotlarning debeti bo‘yicha summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schyot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schyotga tegishli analitik schyotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi;

  2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.

Buxgalterlarning xalqaro gerbi11

Quyosh - buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini yoritadi,

Tarozi - balans, ya’ni muvozanat, tenglik ramzi,

Bernulli egri chizig‘i - hisob insoniyat tarixining ibtidosidayoq paydo bo‘lib, to yerda hayot bor ekan mangu qolishini bildiradi.

sh i o r :

Science - fan,

Conscience - ishonch,

Independance - mustaqillik

Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar ularning turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir mablag‘ning oy davomidagi o‘zgarishi, oy oxiriga bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak, buxgalteriya hisobi schyotlari mablag‘ turlari bo‘yicha mulk egasiga etarli ma’lumotlarni beradi. Lekin bu ma’lumotlarda mablag‘larning joylanishi ularni moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo ularning qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun zaruriyati yuqori.

Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli faoliyat ko‘rsatish jarayonida xom-ashyo bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi. Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni olish imkoniyatini beradi.

Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi.

Buxgalteriya balansi - muayyan sanaga pulda ifodalangan va xo‘jalik mablag‘larining turlari, tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy guruhlashtirish hamda umumlashtirish usulidir. Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.

Balans yordamida korxona va tashkilotlarning o‘ziga taalluqli mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun asos hisoblanadi.Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.

Demak, buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan mablag‘lar harakati ikki jihat bilan, ya’ni mablag‘larni joylanishi va ularni tashkil topish manbalari bilan taqqoslangan holda o‘rganiladi. Buxgalteriya balansi ikki tomondan, uning chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni esa passiv deb aytiladi.

Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

I.Uzoq muddatli aktivlar; II. Joriy aktivlar.

Passivda esa quyidagi bo‘limlar joylashgan:

  1. O‘z mablag‘lari manbalari; II. Majburiyatlar.

1 9

Aktivlar = Passivlar+ Xususiy kapital Aktivlar ma’lum bir shaxs yoki biznes tashkiloti tomonidan egalik qilinadigan, o‘z ichiga naqd pul va ma’lum qiymatga ega bo‘lgan jumladan biznesdagi ko‘chmas mulk, transport vositasi, mebel va jihozlar, inventorlar va boshqa tashkilotlarning ulushi sifatidagi investitsiyalarni qamrab oladi.

Likvidlikni o‘zida namoyon qiladigan naqd pul mablag‘lari joriy aktivlar

1

deyiladi. Naqd pullar, bankdagi pullar, belgilangan depozit tushumlar (BDT), inventar jihozlar, debitorlik qarzlar, qabul qilib olingan banknotalar, qisqa muddatlai investitsiyalar, xodimlarga qarz va avanslari joriy aktiv bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha qilib aytadigan bo‘lsak, oldindan to‘langan xarajatlar ham joriy aktivning bir ko‘rinishi hisoblanadi.

Passivlar biznesdagi obligatsiyalar, mavjud bo‘lgan qarzlar yoki tashqi ishtirokchilar va kreditorlarning da’volaridir. Passivlarga kreditorlar (mol yetkazib beruvchilardan kreditga mahsulot olganlar), bank qarzlari, to‘lanmagan biznes qarzlari jumladan, vakolatli foydali xarajatlar va soliq xarajatlari misol bo‘ladi. 1

Joriy aktivlari kabi, joriy majburiyatlar balans tuzilgan kundan boshlab firma tomonidan bir yil ichida to‘lanadigan majburiyatlar hisoblanadi.

Joriy majburiyatlar o‘z ichiga turli kreditorlik qarzlari, to‘lanadigan xarajatlar, to‘lanadigan banknotalar, qisqa muddatli qarzlar, xaridorlardan avans va hokazo.

Balans aktivi va passividagi alohida bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligini quyidagicha ko‘rsatish mumkin.







  1. rasm. Balans aktivi va passividagi bo‘limlarning o‘zaro aloqadorligi

Chizmadan ko‘rinib turibdiki, uzoq muddatli aktivlar ham, joriy aktivlar ham

korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar (qarz manbalar) hisobidan tashkil topishi mumkin.

Buxgalteriya balansining shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko‘rinishida keltirish mumkin. Buxgalteriya balansini qisqacha tuzilishini quyida ko‘rish mumkin.


Download 187,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish