Олий таълимда «Информатика ва ахборот технологиялари» фанининг Web – дизайн бўлимида HTML тилини ўқитиш назарда тутилганлиги бу мавзуни ўқитишнинг самарали услубларини ишлаб чиқишни тақозо этади.
yangiligi – shundan iboratki, umumta’lim maktablari o‘quvchilarida informatika va axborot texnologiyalari fanining “Web dizayn asoslari” bobini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan yangitdan ishlarni amalga oshirish va samarali metodlarni amalda qo‘llash.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati. Agar umumta’lim maktablarida «Web-dizayn asoslari”ni o’qitish mazmuni takomillashtirilib, uni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan o’qitish metodikasi yaratilsa va amaliyotga joriy etilsa, o‘quvchilarning informatika va axborot texnologiyalari fanidan, xususan “Web-dizayn asoslari”dan bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish samaradorligi ortadi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish bo`limi, 2 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iborat.
I– bob. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “WEB-DIZAYN ASOSLARI” BOBINI O‘QITISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI.
1.1. Web-dizayn asoslari va uni umumta’lim maktablarida o’qitish zaruriyati
Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lish uchun, avvalo, kompyuter savodxoni bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi soxada ishlashidan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub isloxotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi1» deb belgilab qo’yilgan.
Bilamizki, Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo’lmoqda. Hamma Internet tarmog’idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Internet tarmog`i kun sayin rivojlanib bormoqda. Buning asosiy sababchisi esa jamiyatimizning barcha sohalari qamrab olgan axborot resurslari sonining ortib borishi hisoblanadi. Web dizayn asoslarini o‘rganish natijasida web-hujjatlarni yaratish, ularni Internetda chop etish, web-hujjatni ko’rkamlashtirish, qiziqarli va o’ziga tortuvchi qilib yaratish, vaqti kelsa ma’lumotlarni yangilash kabi vazifalarni o’rgatishga mo’ljallangan. Dastlabki web-sahifalar juda sodda tuzilishga ega bo’lib, ular matnni formatlash va giperko’rsatkichlardan tarkib topgan edi. Hozirgi kunga kelib Web texnologiyalar rivojlanishi natijasida Web sahifalar tarkibida Plug-ins dasturlar joylashtirila boshlandi, natijada Web sahifalarga in0teraktiv xususiyati berildi. Web sahifa Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to’plami bo’lib, ularni soni soat sayin ko’payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarni turli xillarini: matn, grafik, tasvir, video, audio ma'lumotlarni uchratish mumkin.
Bugungi kunda Web Internet resurslari ichida eng ommaviysi hisoblanadi.
Chunki, avvaldan tayyorlangan Web sahifa orqali tegishli ma'lumotlarni to’ldirish foydalanuvchining qanchadan-qancha vaqtini tejash imkonini beradi. Shu bois aniq fanlar yo’nalishida tahsil oluvchi o’quvchilarga «Web dizayn asoslari» bobi alohida bo’lim sifatida o’qitila boshlandi.
O‘quvchilar tomonidan informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishni samaradorligini oshrishin maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda umumiy o‘rta ta’limning “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha malaka talablari asosida umumta’lim maktablari uchun darsliklar yaratildi.
SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “YOshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning uchinchisida “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, mazkur tashabbus asosida Repsublikamizning barcha hududlarida yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalari ishlab chiqilib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Respublikamizning barcha shaharlarda va tumanlar markazida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatilishi, axborot texnologiyalari sohasida biznes bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar shakllantirilishi hamda “startap” loyihalarga yordam ko‘rsatilishi belgilandi. Bularning barchasi bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari bo‘lishiga qaramasdan, internet xizmatidan etarli darajada foydalanilmayotganligi sabab qilib ko‘rsatildi. Prezidentimiz tomonidan “Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilib, mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha bugungi kunda Resupblikamizning barcha hududlarida zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan kompyuter xonalari tashkil etilib yosh o‘quvchilarga malakaviy bilim olishlariga sharoit yaratib berildi.
SHuningdek, bugungi tezkor va globallashuv davri yuqori malakali dasturchi va mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo qilmoqda. Bugungi kun va kelajagimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sohaning etuk kadrlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jumladan Prezidentimiz 2020 yil “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiya ekanini alohida ta’kidladi. Jumladan, axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ishlar misolida poytaxtimizda Muhammad Xorazmiy nomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashgan yangi maktab ochilganligini, ayni paytda farzandlarimizning «ay-ti» texnologiyalarga qiziqishini yanada oshirish va ularning etuk mutaxassis bo‘lib etishishi uchun sharoit yaratish maqsadida 2020 yilda yilda — 14 ta, 2021 yilda yilda — 82 ta, 2022 yilda — 64 ta, 2023 yilda — 45 ta axborot texnologiyasiga ixtisoslashgan maktablar tashkil etilishi va bu barcha tuman hamda shaharlar qamrab olinishini ma’lum qilgan.
YUqoridagi chora tadbirlar natijasida ta’lim tizimidagi fanlarni o’qitishda uzviylik va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmuni qayta tahlildan o’tkazildi. Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlari takomillashtirildi, ta’lim bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilindi. Umumta’lim maktablarida o’quv rejasida umumta’lim predmeti sifatida kiritilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo’yicha ham mazkur ishlar amalga oshirildi.
Umumiy o’rta ta’lim bosqichida «Informatika va axborot texnologiyalari » fanini o’qitishning bosh maqsadlaridan biri sifatida ta’lim muassasalarida (5-11-sinflarga) tahsil olayotgan o‘quvchilarga informatikaning kasbga yo’naltirilgan va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, shu bilan bir qatorda web-sahifalarda turli animasiyalarni yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumot berishdan iborat deb belgilanganligi .
Fanning o‘qitishning asosiy zarurati sifatida o‘quvchilarni informatika va axborot texnologiyalarini umumiy o‘rta ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida va xayotga tadbiq etgan holda, samarali foydalana oladigan darajasida o’rgatishdan iborat bo’lib, o’rta ma’lumotli mutaxassislarga shu soxada mukammal to’liq bilim berilishini ta’minlashdan iborat.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda web-dizayn asoslari bo’yicha o‘quvchilar, ya’ni bitiruv malakaviy ishidan nazarda tutilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari misolida quyidagi bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi belgilangan:
Jumladan, Web-sahifa, web-sayt va web-dizayn tushunchalari, web-dizayn va uning dasturiy ta’minoti, macromedia Flash dasturi yordamida web-sahifa yaratish va bezash, web-sahifalarga rasmli, grafikli ma'lumotlarni joylashtirish va bezash, web-sahifalarda formalar yaratish va bezash, web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o‘rnatish, tovushli ma'lumotlar va ular bilan ishlash, web-sahifalar orasida aloqalarni o‘rnatish imkoniyatlarini bilishlari va amaliyotda qo’llay olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |