Kimdir “h” bilan “x” harfida nima farq bor, deya bu holatni oddiy sanashi mumkin. Lekin bu xato qog‘ozlardan jamoat joylaridagi poster, pannolarga, ogohlantirish lavhalariga ko‘chib o‘tsachi? Tibbiyot muassasasi bosh vrachi shifokor maslahatiga oid maqolasini yo‘llagan. Unda shunday jumlalar bor. “Xar bir bemor bu qoidalarga amal qilishi kerak” . Bu yerda “har” so‘zining belgisi tushib qoldirilib “xar” deb yozilgan. “Xar” fors-tojik tilida eshak bo‘lsa, mumtoz adabiyotda bu so‘z ahmoq ma’nosida qo‘llaniladi. Lug‘atga tayanib o‘qiydigan bo‘lsak, shifokor yozgan jumladan “Eshak yoki ahmoq bir bemor bu qoidalarga amal qilishi kerak” degan ma’no kelib chiqadi.
X
H
Do'stlaringiz bilan baham: |