Buvayda tumani XTB 39-umumiy o’rta ta’lim maktabi pedagogik kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi bayoni
2022- yil 15 aprel Buvayda qishlog’i
Yig’ilish raisi: I.Qayumov
Kotibi: F.Abdusattorova
Kengash yig’ilishida fan yo’nalishidagi 68 nafar o’qtuvchi va metod birlashma a’zolari va sinf rahbarlari ishtirok etdilar.
KUN TARTIBIDAGI MASALA
Umumiy o’rta ta’lim maktabda o’quvchilarni bosqichli va yakuniy imtihonlarini tashkil etish to’g’risida.
E Sh I T I L D I:
Kun tartibidagi masala yuzasidan raislik qiluvchi I.Qayumov so’z olib quyidagilarni bayon qildi.
Buvayda tumani xalq ta’lim bo’limining 2022 yil 13-apreldagi “Tuman umumiy o’rta ta’lim muassasalarida yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish to’g’risida” gi 2022-168-11-154- XT - sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida yig’ildik. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning sinfdan-sinfga ko’chirish muvaqqat tartibi belgilanishicha maktabda o’quv mashg’ulotlari 25-maydan tugallanadi. Bitiruvchi 9-11 sinf o’quvchilarini og’zaki va yozma yoki test usulida yakuniy nazorat imtixonlari 9-11-sinflarda joriy yilning 26-mayidan 15-iyungacha qadar o’tkaziladi. 9-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari:
Ona tili va adabiyoti - yozma (ijodiy bayon)
Matematika - yozma
3 Rus tili - og’zaki
Tarix - og’zaki
5 Ingiz tili - og’zaki
6 Jismoniy tarbiya - nazariy va amaliy tarzda o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat imtixonlari 11-sinflarda joriy yilning 26-mayidan 15-iyungacha,quydagi fanllar asosida yakuniy imtixonllar o’tkazilsin.
1. Ona tili va adabiyoti - yozma (ijodiy bayon)
2 Matematika (yozma)
3 Ingliz tili (o’g’zki)
4 Tarix (o’g’zaki)
5 Rus tili (o’g’zaki)
9-sinflarda jismoniy tarbiya fanidan yakuniy nazorat imtihoni 2021-yil 11-14 may kuni o’tkazilishi munosabati bilan fan bo’yicha o’quv rejani bajarish uchun qoplash tadbiri tuzilishi va jadval maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Kun tartibiga kiritilgan masala atroflicha muhokama etilib, pedagogik kengash yig’ilishi
QAROR QILADI:
Maktabda yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha maktab direktori I.Qayumov bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Maktabda o’quv mashg’ulotlari 2022 yil 25-may kuni tugallanishi belgilab qo’yilsin.
Maktabda bitiruvchilari 9-11 sinf o’quvchilarining bilim, malaka va ko’nikmalarini og’zaki, yozma yoki test usulida yakuniy nazorat imtihonlaridan o’tkazilishi belgilab qo’yilsin.
Bitiruvchi 9-11 sinf o’quvchilarining bilim, malaka va ko’nikmalarini yakuniy nazoratdan o’tkazish Xalq ta’limi Vazirligining 2022 yil 28-fevraldagi 70-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga ko’chirish muvaqqat tartibi” hamda Buvayda tuman Xalq ta’limi bo’limining 2022-yil 13-apreldagi 2022-168-11-154-XT-sonli buyrug’i asosida amalga oshirilsin.
9-sinflarda jismoniy tarbiya fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi 2022-yil 11-14 may kuni o’tkazilishi munosabati bilan fan bo’yicha o’quv rejani bajarish uchun qoplash tadbiri tuzilsin va shu asosida o’rindoshlik tadbirlari amalga oshirilsin, jadval maktab direktori tomonidan tasdiqlansin.
Fanlar yo’nalishidagi metod birlashma rahbarlariga:
Yakuniy nazorat imtihonlariga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tadbir reja belgilash;
Har bir o’quv xonalarini bayramona bezatish, yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat imtihonlari burchaklari tashkil etilishini nazoratga olish;
Yakuniy nazorat imtihonlari uchun materiallarni tayyorlash va ekspertizadan o’tkazish hamda maxfiyligini ta’minlash;
A’lo o’qiganligi va namunali xulqqa ega bo’lgan o’quvchilarni rag’batlantirish maqsadida imtihonlardan ozod bo’lgan o’quvchilarni ro’yxatini shakllantirish;
Fanlar bo’yicha o’quv rejalarni bajarilishini qat’iy nazoratga olish kabi vazifalar bajarilsin;
Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O’IBDO’(D.Mamadaliyeva va F.Mavlonova) lar zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: I.Qayumov
Kotibi: F.Abdusattorova
Do'stlaringiz bilan baham: |