Butunlik sohasi. Maydon. Jism.
Butunlik soxasi, maydon va jism tushunchalari.
Mavzu bayoni.
Kirish. Xalqa va uning hususiy hollari bŏlmish maydon va jism tushun-chalari ham oldingi ma’ruzada urganilgan gruppa singari algebraning xususiy hollaridir. Gruppada biz bitta binar amal bilan ish kŏrgan edik. Endi biz bŏsh bŏlmagan A tŏplamda ikkita binar (biz ularni kŏpaytirish va qŏshish amallari deb ataymiz) aniqlangan deb qaraymiz. Xalqa tushunchasini ilk bor Dedekind kiritgan.
Asosiy qism.
Ta’rif: A tŏplam xalqa deyiladi, agar u quyidagi shartlarga buysinsa:
1) A - additiv abel gruppa;
2) A da kŏpaytirish amali aniqlangan bŏlib, unga nisbatan A - yarimgruppa;
( ya’ni (a,b,sA) a(bs)=(ab)s)
3) Shŏpaytirish amali kŏshish amaliga nisbatan distributiv amaldir ( ya’ni (a,b,sA)(a+b)s=as+bs, s(a+b)=sa+sb.)
Agar A dagi kŏpaytirish amali kommutativ bŏlsa (ya’ni (a.bA) uchun ab=ba tenglik ŏrinli bŏlsa) u holda A xalqaga kommutativ xalqa deyiladi. Agar A da birlik element mavjud bŏlsa, u holda A xalqaga birli xalqa deyiladi. Agar A tŏplam chekli bŏlsa,u holda xalqa chekli, aks holda cheksiz deyiladi. A dagi nol’ element A xalqaning nol’ elementi deyiladi. Agar A tŏplamning elementlari sonlardan iborat bŏlsa, u holda A xalqa sonli xalqa deyiladi. Ravshanki, ixtiyoriy sonli xalqa kommutativ xalqa bŏladi.
Misollar (tekshiring).
{0} – nol’ –xalqa.
Z, Q – butun va ratsional sonlar xalqalari.
C[a,b] - [a,b] segmentda uzluksiz bŏlgan sonli funktsiyalar xalqasi.
tZ – t Zg’{1,-1} soniga karrali bŏlgan butun sonlar xalqasi.
5) Q [ ]={a+b / aQ , bQ}
Yuqorida keltirilgan 1)-7) misollardagi xalqalar asosiy xossalari qŏyidagi jadvalda keltirilgan:
Xalqa
|
Kommutativligi
|
Birlik element mavjudligi
|
Teskarilanuvchi elementlar
|
{0}
|
Kommutativ xalqa
|
1=0
|
0 –1=0
|
Z
|
Kommutativ xalqa
|
1
|
Faqat 1 va –1 sonlar
|
Q
|
Kommutativ xalqa
|
1
|
Noldan farqli sonlar
|
R
|
Kommutativ xalqa
|
1
|
Noldan farqli sonlar
|
C[a,b]
|
Kommutativ xalqa
|
[a,b] da qiymati 1 ga teng bŏlgan funktsiya.
|
[a,b] da nol’ qiymat qabul qilmaydigan funktsiyalar
|
tZ
|
Kommutativ xalqa
|
Mavjud emas
|
Ma’noga ega emas.
|
Q [ ]
|
Kommutativ xalqa
|
1=1+0
|
Noldan farqli elementlar
|
Eslatma. Shuni ta’kidlash lozimki, agar birli xalqada 10 shart bajarilsa, u holda nol’ element teskarilanuvchi bŏla olmaydi, chunki b uchun 0bh0 1 . Bundan tashqarir, 10 munosabat xalqaning elementlar soni birdan katta bŏlishiga teng-kuchli, chunki a A g’{0} (a1=a0 ) (a0=0 ) munosabat ŏrinli. Shuning uchun keyingi mulohazalarimizda biz xalqa nolmas xalqa deb faraz qilamiz.
A xalqada a,bA a-b=a+(-b) tenglik yordamida ayirish amalini kiritamiz.
1-teorema. a) Kŏpaytirish amali ayirish amaliga nisbatan distributiv bŏladi, ya’ni (a,b,sA) (a-b)s=as-bs, s(a-b)=sa-sb munosabatlar ŏrinli bŏladi.
b) aA a0=0a=0.
Isbot. a). (a,b,sA) (a-b)s+bs=((a-b)+b)+s=as ((a-b)s+bs)- bs= as-bs, ya’ni
(a-b)s=as-bs. s(a-b)=sa-sb tenglik xuddi shunday isbot qilinadi.
b). a) ga kŏra a0= a(b - b)= ab- ab=0, 0a= (b - b)a= ba- ba=0.
Ta’rif. ab=0 munosabatni qanoatlantiruvchi nolmas a, b elementlar nolning bŏluvchilari deyiladi.
2-teorema . Birli xalqada teskarilanuvchi element nolning bŏluvchisi bŏla olmaydi.
Isbot. a- teskarilanuvchi bŏlib, u uchun ab=0 tenglikni qanoatlantiradigan noldan farqli b element mavjud bŏlsin.
ab=0 tenglikka asoslanib va a–1(ab)= b tenglikdan foydalanib b=0 ziddiyatli tenglikka kelamiz. Bu esa teoremani isbotlaydi.
Sonli xalqalar nolning bŏlyvchilari mavjud emas, ammo [a,b] da f(x) = x+ x,
g(x)= x - x tengliklar yordamida aniqlangan C[a,b] xalqa elementlari nolning bŏluvchilari bŏladi, chunki f(x) g(x) =( x+ x) ( x - x) = x 2 - x2 = 0.
Butunlik sohasi, maydon va jism tushunchalari.
Ta’rif. Nolning bŏluvchilariga ega bŏlmagan A kommutativ xalqa butunlik sohasi deyiladi.
Ta’rif. A birli kommutativ xalqada har bir noldan farqli elementi teska-rilanuvchi bŏlsa, u holda A kommutativ xalqa maydon deyiladi.
Ushbu ta’rifdan va yuqorida keltirilgan jadvaldan foydalansak Q , R ,
Q [ ] xalqalarni maydon bŏlishiga amin bŏlamiz.
Ta’rif. Sonlardan iborat bŏlgan maydon sonli maydon deyiladi.
Eslatma. 2-teoremaga kŏra ixtiyoriy maydonda nolning bŏluvchilari yŏq, demak u butunlik sohasi.
Ta’rif. a va b 0 F maydon elementlari bŏlsin. a sŏratli va b maxrajli kasr deb maydonning ab-1 kŏrinishdagi elementiga aytiladi va u orqali belgila-nadi.
3-teorema (kasrlar ustida amallar). F maydonda qŏyidagi xossalar ŏrinli:
(a) kasrning asosiy xossasi: (c0) ; (b) kasrlarni qŏshish qoidasi: , ; (v) kasrlarni qŏpaytirish qoidasi : ;
(g) , agar ab 0.
Isbot. (a) Xaqiqatan, = (ac)(bc)-1 = acc-1b = ab-1 = .
(b) = (a + c)b-1 = ab-1 + cb-1 = bŏlgani uchun (a) ga kŏra bŏladi.
Sholgan hollar xuddi shunday tekshiriladi.
Maydon tushunchasini umumiy holga umumlashtirish natijasida jism tushunchasi vujudga keladi.
Ta’rif. A birli xalqada har bir noldan farqli elementi teskarilanuvchi bŏlsa, u holda A xalqa jism deyiladi.
Nokommutativ bŏlgan jismga misolni qŏrish murakkab masaladir. Shunga qaramasda biz shunday misolni uchinchi semestrda keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |