Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Butunjahon
jamg‘arish kuni” doirasida Xalq banki tomonidan onlayn
omonatlar mavzusida o‘tkaziladigan onlayn-tanlovi
Reglamenti
1.
Mazkur Reglament Xalq banki (keyingi o‘rinlarda – “bank”)
Ustaviga muvofiq
“Aqlli sarmoya” onlayn tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2.
Tanlov tashkilotchisi:
➢
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.
3.
20 ta savoldan tashkil topgan test tanlovi 2021-yil 29-oktabr kuni o‘tkaziladi.
4.
Xalq banki xodimlari ushbu tanlovda qatnashishi taqiqlanadi.
5.
Tanlov maqsadi:
➢
Аholining moliyaviy savodxonligini oshirish;
➢
Onlayn omonatlar haqida ko‘proq ma’lumotlar berish.
6.
Tanlovni o‘tkazish tartibi:
➢
Ishtirokchilar bankning www.xb.uz rasmiy veb-sayti
orqali onlayn tarzda
ro‘yxatdan o‘tadi va shaxsiy kabinetga ega bo‘ladi;
➢
Shaxsiy kabinetga kirilganda, onlayn test boshlanish vaqti ko‘rsatiladi;
➢
Testda 20 ta savol qo‘yilgan bo‘lib, har bir savolga 4
tadan javob varianti
berilgan. Ulardan faqat bittasi to‘g‘ri javob hisoblanadi;
➢
Ishtirokchi tomonidan har bir savolga 1 ta javob varianti belgilanadi;
➢
Test o‘tkazish muddati 1 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 2021-yil 29-oktabr kuni
soat 15:00 dan 16:00 gacha o‘tkaziladi;
➢
Test savollarini yechish uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi, ushbu vaqt nihoyasiga
yetgach dastur avtomat ravishda testni yakunlaydi
va savollarga berilgan
umumiy javoblar, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar haqida maʼlumot beradi.
7.
Tanlovni g‘oliblarini aniqlash tartibi:
➢
Eng yuqori ball to‘plagan va test savollariga eng qisqa vaqtda to‘g‘ri
javob
bergan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi;
➢
1, 2, 3 - o‘rinlar eng ko‘p va eng tez vaqtda to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar
bo‘yicha saralanib aniqlanadi.
➢
G‘oliblar to‘g‘risidagi maʼlumot
bankning rasmiy veb-sayti,
ijtimoiy
tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali 2021-yil 29-oktabr kuni eʼlon qilinadi;
➢
Bank tanlov shartini o‘zgartirish huquqiga ega va bu haqidagi maʼlumotni
o‘zgartirilgan qoida kuchga kirishidan 3 (uch)
bank ish kuni mobaynida
bankning www.xb.uz veb-sayti orqali eʼlon qiladi.
8.
Yutuqlar fondi:
➢
1-o‘rin – televizor (32 Smart) va Xalq banki logotip aks etgan futbolka, kepka;
➢
2-o‘rin – isitgich va Xalq banki logotipi aks etgan futbolka, kepka;
➢
3-o‘rin – mini-pech va Xalq banki logotipi aks etgan futbolka, kepka.
9.
Yutuqni qabul qilish vaqti va tartibi:
➢
Yutuqlarni g‘oliblar to‘g‘risidagi ro‘yxat eʼlon qilingandan so‘ng 10 (o‘n) bank
ish kuni ichida olib ketishlari shart;
➢
G‘olib yutuqni olish uchun bankning xohlagan filialini
tanlaydi va shaxsini
tasdiqovchi hujjat (pasport asl nusxasi) bilan murojaat qiladi. Filial maʼsul
xodimi tomonidan hujjatlar to‘g‘riligi tekshirilgandan so‘ng g‘olib
bilan
yutuqni qabul qilish yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga muvofiq, yutuq g‘olibga
topshiriladi.