6-modda
Bosh Assambleya
(1)
(a) Bosh assambleya,tarkibiga har qanday ittifoq a’zolari kirgan, ushbu Konvensiya ishtirokchi-davlatlaridan iborat holda tuziladi.
(b) Har bir davlat hukumati bitta vakildan iborat bo‘lib, uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlari bo‘lishi mumkin.
(c) Har bir vakilning xarajatlari uni tayinlagan hukumat tomonidan qoplanadi.
(2) Bosh Assambleya:
(i) Bosh direktorni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tavsiyasiga binoan tayinlaydi;
(ii) Bosh direktorning Tashkilot faoliyatiga oid hisobotlarini o‘rganadi va tasdiqlaydi va unga barcha kerakli ko‘rsatmalarni beradi;
(iii) hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi va Boshqaruv qo‘mitasi faoliyatini tasdiqlaydi va unga ko‘rsatmalar beradi;
(iv) Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlarning ikki yillik budjetini qabul qiladi;
(v) Bosh direktor tomonidan 4(iii)-moddada ko‘zda tutilgan xalqaro shartnomalarni bajarishda ma’muriyat ishlari bo‘yicha taklif qilingan harakatlarni ma’qullaydi;
(vi) Tashkilotning moliyaviy qoidalarini qabul qiladi;
(vii) Birlashgan millatlar tashkilotining amaliyotini hisobga olgan holda, Kotibiyatning ishchi tillarini belgilaydi;
(viii) 5 (2)(ii)-moddada ko‘zda tutilgan davlatlarni ushbu Konvensiya ishtirokchilari bo‘lishga taklif qiladi;
(ix) tashkilotga a’zo bo‘lmagan qaysi davlatlar va qaysi hukumatlararo yoki xalqaro nodavlat tashkilotlari uning yig‘ilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritilishi mumkinligini aniqlaydi;
(x) ushbu Konvensiya bo‘yicha boshqa tegishli funksiyalarni bajaradi.
(3)
(a) Har bir davlat, bir yoki bir nechta Ittifoq a’zosi bo‘lishidan qat’i nazar, Bosh Assambleyada bitta ovozga ega.
(b) Bosh assambleyaga a’zo davlatlarning yarmi kvorumni tashkil qiladi.
(c) Paragrafning (b) kichik bandining qoidalariga qaramay, agar har qanday sessiyada vakillik qiladigan davlatlar soni yarmidan kam bo‘lsa-da, Bosh Assambleyaga a’zo davlatlarning uchdan bir qismiga teng yoki ko‘p bo‘lsa,u qaror qabul qila oladi; ammo, Bosh Assambleyaning barcha qarorlari, o‘z tartib-qoidalariga taalluqli qarorlar bundan mustasno, quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina kuchga kiradi.Xalqaro byuro yuqorida ko‘rsatilgan qarorlarni Bosh assambleyaga a’zo bo‘lmagan davlatlarga yetkazadi va ularni qarorlar, agar ular ma’qullashsa yoki qarshi bo‘lsa, yoki betaraf bo‘lsa, yuborilgan kundan boshlab uch oy ichida yozma ravishda xabardor qilishga taklif qiladi.Agar bu muddat tugagandan so‘ng, shunday ovoz bergan yoki betaraf davlatlar soni,sessiyaning o‘zida kvorumga erishish uchun yetishmayotgan bo‘lsa, ko‘pchilik ovoz berilgan qarorlar kuchga kiradi.
(d) Paragrafning (e) va (f) kichik bandlari qoidalariga rioya qilgan holda, Bosh Assambleya o‘z qarorlarini uchdan ikki qism ovozlar bilan qabul qiladi.
(e) (4)(iii)-moddada nazarda tutilgan xalqaro shartnomalarni bajarish bo‘yicha ma’muriyatga tegishli harakatlarni tasdiqlash uchun berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismi talab qilinadi.
(f) Birlashgan millatlar tashkiloti Ustavining 57 va 63-moddalari qoidalariga muvofiq Birlashgan millatlar tashkiloti bilan tuzilgan bitimni tasdiqlash uchun ovozlarning o‘ndan to‘qqiz qismi talab qilinadi.
(g) Bosh direktorni tayinlash uchun ((2)(i) band), Bosh direktor tomonidan xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun ma’muriy tomondan taklif qilingan harakatlarni tasdiqlash ((2) (v)-band) va shtab-kvartirani ko‘chirish (10-modda), talab qilinadigan ko‘pchilikka faqat Bosh Assambleyada emas, balki Parij ittifoqi va Bern ittifoqi Assambleyasida ham erishish kerak.
(h) Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
(i) Vakil faqat bitta davlat vakili bo‘lishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
(4)
(a) Bosh assambleya har ikkinchi kalendar yilda Bosh direktor chaqiruvi bilan navbatdagi sessiyada yig‘iladi.
(b) Bosh assambleyaning navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi mumkin, uni Bosh direktor Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning talabiga binoan yoki Bosh assambleyaga a’zo davlatlarning chorakdan birining talabiga binoan chaqiradi.
(c) Sessiyalar Tashkilot qarorgohida o‘tkaziladi.
(5) Ushbu Konvensiyada ishtirok etayotgan va Ittifoqning hech bir a’zosi bo‘lmagan davlatlar Bosh Assambleyaning yig‘ilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritiladi.
(6) Bosh assambleya o‘z ish tartibini qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |