5-modda
A’zolik
(1) 2 (vii)-moddada belgilangan har qanday Ittifoq a’zolari bo‘lgan har qanday davlat Tashkilotga a’zo bo‘lishi mumkin.
(2) Ittifoqlarga a’zo bo‘lmagan har qanday davlat ham Tashkilotga a’zo bo‘lishi mumkin, agar:
(i) u Birlashgan millatlar tashkilotining, Birlashgan millatlar tashkiloti bilan bog‘liq har qanday ixtisoslashtirilgan agentliklarning yoki Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning a’zosi yoki Xalqaro sud statutining ishtirokchisi bo‘lsa; yoki
(ii) U Bosh assambleya tomonidan ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi bo‘lishga taklif qilingan bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |