ZOOLOGIYADAN “BUTLI O’RGIMCHAKNING TUZILISHI VA HAYOT KECHIRISHI” MAVZUSINI O’QITISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Ajiniyoz nomidagi NDPI Tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich
talabalari Ozodova Zarnigor va Saparbayeva Nigora
Annotatsiya: Zoologiyada dars jarayonini tashkil qilishda o’quvchilarning fikrlash doirasini yanada rivojlantirish uchun rivojlantiruvchi ta’lim texnalogiyasidan foydalanish to’g’risida bayon qilingan.
Kalit so’zlar: rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi, tahliliy va mustaqil fikrlash, assotsiativ fikr yuritish, taqqoslash, tahlil qilish.
Fikr inson faoliyati, uning o'z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lganligi uchun, o'qitish jarayonida o'quvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qo’llash zarur.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g'oyasi o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari:
• o'quvchilarni o'z bilish faoliyatining sub’ektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi;
• o'quvchilarning bilish faoliyati emperik va nazariy bilish yaxlit- ligida tashkil etilib, o'qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda o'rganish ustuvor bo'ladi;
• o'qitish jarayonining asosini o'quvchilarning o'quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyati tashkil etadi;
• o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo'nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini to’ldiradi va taqozo etadi.
Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqida munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni birlashtirish).
O’quvchilarda tahliliy fikr yuritishni shakllantirish uchun har bir biologiya o’qituvchisi har darsda avval o’tilgan mavzuni keyingisi bilan bog’laydigan topshiriqlarni o’quvchilarga berishi kerak. Ya’ni, berilgan topshiriq orqali o’quvchilar beixtiyor o’tilgan mavzularni ham takrorlashi kerak.
Masalan, “Butli o’rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi” mavzusini o’rganishda o’quvchilar kichik guruhlarga ajratilib, ularga o’quv topshiriqlari bilan bir qatorda quyidagi jadvalni to’ldirishlari kerakligi aytiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |