BURUN VA BURUN YONDOSH BO`SHLIQLARINI BOSH MIYAGA ASORATLARI
Burun va burun yondosh bo`shliqlarini ogir asoratlaridan biri, bu bosh miya asoratlari xisoblanadi. Bosh miyaga asoratlarni 80-85% xolatlarda surunkali sinuitlarni qaytalanishi tufayli rivojlanadi,faqat 10% xollardagina o`tkir sinuitlar shunday asoratlar beradi. Sinuitlarni qaytalanishini asosiy sababi, yuqori nafas yo`llaridagi virusli kasalliklar (tumov,rezanda) xisoblanadi. Bundan tashqari burun va burun yondosh bo`shliqlarini jaroxatlarida va burundagi turli yiringli jarayonlarida (burun chipqoni, burun devori abstsessi) xam bosh miya asoratlari kuzatiladi.
Yiringli jarayonini burundan va burun yondosh bo`shliqlaridan bosh miyaga o`tishida, yallig’lanish jarayonida, bir vaqtni o`zida virus va bakterial florani birgalikda ishtirok etishi muxim o`rinni egallaydi. Otogen bosh miya asoratlariga qaraganda, rinogen bosh miya asoratlari kamrok uchraydi va LOR kasalliklarini bosh miyaga bergan asoratlarini 10 % tashkil etadi.
Yallig’lanish jarayoni bosh miyaga quydagi xollarda o`tadi-
1. chegara devorlarni tugma yoriqlari (degitsentsiya) orqali
2. yiringli jarayon to`gridan – to`gri devorni (kontakt) o`tishi mumkin(bunday xolatda ko`prok paxi va leptomeningit uchraydi).
3.qon tomirlar orqali (asosan vena kon tomirlari orqali) o`tadi.
4.limfa tomirlari orqali.
5.xid bilish nervlari bo`ylab (epi-perinevral) o`tishi.
Bosh miya asoratlarni quydagi turlari kuzatiladi:
araxnoidit
estradural abstsess
subdural abstsess
meningit
miya abstsessi
sepsis,sinus venasini trombozi.
Bosh miyadagi asoratlarni turlari ko`prok, burun oldi bo`shliqlarini yallig’lanishlari turlariga boglik bo`ladi, ya`niy meningit va bosh miya abstsesslari ko`prok frontitda, araxnoidit esa gaymoritda, sinus venalarini trombozi, etmoidit, sfenoidit va burun chipqonlarida kuzatiladi. Septik xolat esa ko`proq sinus venalarini trombozida uchraydi.
Rinogen bosh miya asoratlari odatda bosh ogrigi, loxaslik,tana xaroratini ko`tarilishi bilan boshlanadi,so`ngra asoratlarga xos asosiy belgilar paydo bo`ladi. Birlamchi belgilar paydo bo`lishi bilan darxol davolash ishlarini kuchaytirish zarur. Asoratlarni tashxisi kasallikni birinchi belgilariga,ko`zdagi o`zgarishlarga va orqa miya suyuqliklarini tekshirish natijalariga asoslanadi.
Xozirgi kunlarda bosh miya asoratlarini tashxisi yaxshi yo`lga qo`yilganligi va o`z vaqtida aniqlanayotganligi, davolashda antibiotiklarni,sul’fanilamidlarni va boshqa intoksikatsiyaga qarshi dorilarni yangi, keng ta`sirga ega bo`lgan turlarini qo`llanilayotganligi sababli, o`lim 20 yil avvalgi davra nisbatan bir necha barobarga kamaygan, lekin bu asoratlardan o`lim ko`rsatgichi xamon 9,8% darajada saqlanib qolmokda.
Burun va burun oldi bo`shliqlarini bosh miyaga asoratlari klinik kechishi va davolash masalalari otogen bosh miya asoratlari bo`limida keng yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |