Ritsarlik tarbiya tizimining barham topishi.
Poroxning va o`q otadigan qurolning
paydo bo`lishi qurolli kuchlar tarkibining tubdan o`zgarishiga olib keldi. Piyoda askarlar va
artilleriya og`ir qurollar bilan qurollangan otliq askarlarni siqib chiqardi va ritsarlarning
harbiy jismoniy tayyorgarlik sistemasining hammasini foydasizqilib qo`ydi. Lekin ritsarlar
o`zlarining imtiyozli hisoblangan, ularning obro`yini saqlab turgan va boshqa sinflardan
ajratib turgan narsalardan darhol voz kechmadi. Butun XV asr davomida hali turnirlar
o`tkazib turildi, lekin endi kishilarning e’tibori turnir ishtirokchilarining texnikasi va harbiy
ta’lim ko`rganligiga emas, balki kiyimlarining yaltirashiga hamda qurollarining chiroyligiga
qaratilar edi. 1487 yili Vormsda so`nggi umumgerman turniri, 1512 yili esa oxirgi mahalliy
turnir bo`lib o`tdi. Jangchi ritsarni tarbiyalashning qattiq tizimi asta-sekin unutib borildi.
Ritsarlik tarbiya tizimi o`rnida jentlmenlar tayyorlash tizimi vujudga keldi.
Ritsarlik qal’alaridan shaharlarning iqtisodiy jihatdan ustunligi holida qimmatbaho
o`q otuvchi qurollar zodagonlarning va unga tayanadigan qirol hokimiyatining mulki bo`lib
qoldi. Zodagonlar boyligining o`sib borishi ularga yollanma qo`shinlar-landsknextlar
saqlashga imkon berdi. Bular nayza, oybolta, qilich va o`q otuvchi aslaha bilan qurollangan
professional jangchilarning guruhlari edi. Ular urushlarga yollanib borishar va shuning uchun
keskin janglardan o`zlarini olib qochar edi. Landsknextlar o`q otadigan qurolni ishlatish
usullarinigina emas, balki boshqa qurolni ishlatish usulini ham o`rganar, qurolsiz kurashishga,
suvda suzishga o`rganar va o`zlarida chidamlilik xususiyatlarini tarbiyalar edilar.
Landsknextlar qimmatga tushar edi, ular intizomsiz, jangda unchalik ishonchli emas,
tinchlik davrlarida esa davlat uchun xavfli kishilar edi. Bu hol asta-sekin doimiy armiyaga
o`tishga sabab bo`ldi: bu armiyaning oddiy ommasi shahar kambag`allari va yersiz
dehqonlardan tarkib topar edi. Armiyaga olinganlarning hammasiga ta’lim berish ishiga
qattiqqo’llik munosabatida bo`linar edi. Safda yurish tayyorgarligi va bir xil standart harakat
va usullarni sinchiklab o`rganib borish jangchilarning individual xususiyatlarini yo`q qilar
edi. Komandirlar tarkibi maxsus tashkil etilgan harbiy maktablarda ta’lim olar edi. Bu
maktablarda otda yurish, qilichbozlik, pistoletdan o`q otish, suzish, ov qilish, raqs tushish,
soldatlarni qo`pol mashq qildirish bilan shug`ullanar edilar.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |