Aylanmali-zarbali burg‘ilash usuli. Bunday burg‘ilashda jinslarni parchalovchi asbobi aylanma-zarbali ta’sir etadigan dastgohlar keyingi 20 yil davomida paydo bo‘ldi va takomillashdi. Dastgoh o‘q yo‘nalishi bo‘yicha yuqori kuchlanish hosil qilish zarurati vujudga kelganligi sababli yaratilgan bo‘lib, og‘irligi katta va narxi
yuqoridir. Bunday dastgoh bilan burg‘ilash g‘ildirakli yoki o‘rmalovchi qurilmada amalga oshiriladi. Bunda dastgohda skvajina diametric 40–63 mm, chuqurligi 4 m bo‘lgan shpurlar burg‘ilanadi. Burg‘ilanadigan shpurlar chuqurligi burg‘i uzatuvchining uzunligiga qarab belgilanadi, chunki burg‘ilash ishi butun shtanga bilangina bajariladi. Amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu turdagi dastgoh-mashina
mahkamlik koeffitsiyenti f = 6 – 12 bo‘lgan jinslarni burg‘ilashda maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |