YER OSTI USULIDA VA OCHIQ USULDA
QAZIB OLISHDA QO‘LLANILADIGAN AYLANMA
BURG‘ILOVCHI DASTGOHLAR
Ochiq usulda konlarni qazib olishda qo‘llaniladigan aylanma burg‘ilash dastgohiga pitrali burg‘ilash dastgohi, aylanma burg‘ilash dastgohi kesuvchi doloto bilan kiradi. Sharoshkali burg‘ilash hozirgi davr koncnilik sanoatida keng tarqalgan usuldir. Qo‘rg‘oshin-rux sanoat tarmog‘ining ilmiy-tekshirish instituti tomonidan ishlab chiqarilgan dolotoda frezerlangan tishlar o‘rniga qattiq qotishmadan tayyorlangan
BK-15 shtiri qo‘yilgan. O‘q yo‘nalishida kuchlanishi 15–18 kN, shpindelning
aylanish chastotasi 2,5–3 s–1, burg‘ilash tezligi pitrali burg‘ilashga nisbatan 3 barobar yuqori bo‘lgan. Qattiq qotishmadan tayyorlangan tishlar frezerlangan tishga nisbatan 40 marta sekin o‘tmaslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |