Asosiy konstruktiv xususiyatlari. Machtani ikkita separator bilan qo‘llash portlatish skvajinalarining pog‘ona balandligi 50 m gacha bo‘lgan karyerlarda qo‘llanish imkonini beradi. Burg‘i stavini aylantiradigan o‘zgarmas tokda ishlaydigan dvigatelli yonlama yuritkichdan foydalaniladi. Tirgak uzeli va aylantirgich o‘rtasida egiluvchan tishli mufti o‘rnatilgan, bu aylantirgich uzeliga vibratsiya (qaltirash) uzatilishini so‘ndirib, doloto ishlashini yaxshilaydi. Stavni skvajina tubiga uzatish ikkita lebyodka bilan uchta sim arqonli-poliplastli tizim yordamida amalga oshiriladi. СБШ-250-55 dastgohi changlanishni so‘ndiradigan suv-havo tizimi bilan ta’minlangan. СБШ-250-55 dastgohi o‘rmalab yuruvchi ramaga o‘rnatilgan bo‘lib, shaxsiy yuritkich aravachasiga ega, uning o‘qlariga mashina bo‘limi gidroelektrli uskunalari bilan joylashtirilgan. Karkasning yuqorigi belida mashina bo‘limida tayanch tirgak o‘rnatilgan, unga machta aylantiruvchi- uzatuvchi mexanizmi burg‘i asbobi bilan o‘rnatilgan. Keyingi yillarda diametri 320 mm va undan ham kattaroq diametrdagi skvajinalar burg‘ilashga qiziqish paydo bo‘ldi. Ruda konlarida СБШ-320 sharoshkali dastgohi (1.9-rasm) qo‘llanilmoqda. Bu dastgohning mashina bo‘limi ikki qismga ajratilgan bo‘lib, oldidagi qismi isitiladi, orqadagi bo‘limi isitilmaydi. Oldingi qismida moynasos stansiyasi, gidroapparaturalar, suvni bakka haydovchi nasoslar, elektr apparaturalar joylashtirilgan. Orqa qismi ikki vintli kompressorlarni joylashtirishga xizmat qiladi.
Dastgohning orqa tomonida ikkita kabel barabani joylashtirilgan. Mashinist kabinasi dastgohning chap tomonida joylashtirilgan. Kabinada boshqaruv pulti, mashinist o‘rindig‘i, isitkich va nazorat o‘lchov asboblari joylashtirilgan. Operatorni shovqin ta’siridan saqlash uchun kabina germetiklangan va vibratsiyaga to‘sqinlik qiluvchi moslama bilan ham jihozlangan.
Dastgoh machtasiga asosiy uskunalar joylashtirilgan: burg‘i snaryadi, zaxira shtangalar joylashtiriladigan kasseta, uzatuvchi mexanizmning aylantirgichi, burg‘i snaryadini burab kirgizuvchi va burab chiqaruvchi uskunalar, machtani yuqori qismida yuk ko‘tarib-tushiruvchi elektr tal o‘rnatilgan. Aylantirgich o‘zgarmas elektr tokida ishlaydigan dvigatel yordamida harakatlanadi. Buruvchi moment shpindelga reduktor orqali uzatiladi.
Dastgoh gidrotizimi yordamida quyidagi operatsiyalarni bajaradi: burg‘ilovchi snaryadni skvajina tubiga tushiradi; burg‘ilovchi snaryadni yig‘ish va ajratish, dolotoni almashtirish, dastgohni (stanokni) gorizontallashtirish, machtani ko‘tarish va tormoz qurilmasini boshqarish. Dastgohni elektr energiyasi bilan ta’minlash kabel barabani orqali karyer elektr tarmog‘idan amalga oshiriladi, kuchlanish 380 V. Kabel turi КРШК, kesimi yuzasi 3120– 135 mm2.
Burg‘ilash usullarini tasnifi sxemasida tog‘ jinslarining fizikaviy-mexanikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda burg‘ilash usullarini qo‘llash doirasi keltirilgan (1.13-jadval).
Qattiq, mahkam tog‘ jinslarida, asosan, zarbalovchi burg‘ilash usuli qo‘llaniladi. Yumshoq jinslarda esa ularni tig‘li asbob bilan kesib burg‘ilash usuli keng qo‘llaniladi. Skvajina burg‘ilash jarayonida tog‘ jinslarni burg‘ilash natijasi yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun skvajina tubidagi ushalgan jinslarni siqilgan havo yordamida chiqarib tashlash kerak. Hozirgi davr dastgohlari har xil o‘lchamdagi skvajinalar burg‘ilashda sarflaydigan siqilgan havo miqdorini quyida keltiramiz:
Doloto diametri, mm 127–145 171 214 243 320
Sarflanadigan siqilgan
havo miqdori, m3/min 7 14 18 25 50
Do'stlaringiz bilan baham: |