Quduqlarni ikki pog‘onali sementlash
Quduqlarni ikki pog‘onali sementlash quyidagi sharoitlarda qo‘llaniladi.
a) texnik qiyinchiliklar sodir bo‘lganda (eritma sathi kerak bo‘lgan balandlikgacha ko‘tarilmaganda);
b) quduq tubida yuqori harorat bo‘lganda;
d) agar quvur tashqi bo‘shlig‘ini sement eritmasi bilan alohida-alohida to‘ldirish talab qilinganda.
Quduqni ikki pog‘onali sementlashda musthakamlovchi quvur birikmalariga quduq tubidan ma’lum balandlikga maxsus quyuvchi mufta o‘rnatiladi.
Quduqlarni ikki pog‘onali sementlashning texnologik jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Yo‘naltiruvchi tiqin, boshmoq, boshmoqli potrubka, teskari to‘sqichli mufta, quyuvchi muftalar bilan jihozlangan burg‘ilash quvurlar birikmasi quduqga tushiriladi. Keyin oddiy Yuvish usulida sementlashga tayyorgarlik ko‘riladi. Quyuvchi muftani quduqga tushirishdan oldin u maxsus sinovdan o‘tiladi. Shunday tayyorgarliklardan so‘ng quduqga birinchi portsiya sementli eritma haydaladi va tezda birinchi portsiya sement eritmasi uchun gilli eritma hajmi hisoblanadi. Keyin pastki sementlovchi tiqin tushiriladi va unga ikkinchi portsiya sementlash eritmasi haydaladi. Keyin ikkinchi yuqorgi sementlovchi tiqin tushiriladi.
U haydalayotgan ikkinchi portsiya sement eritmasini pastga bosadi. Birinchi pastki sementlash tiqini suyuqlikni pastga itarib tushiradi, qandaydir bir momentda o‘zining yelka egari 4 Yordamida quyuvchi mufta silindrining pastki qismiga siqiladi. Keyin suyuqlik ustuni bosimi va nasos bosimi ta’sirida stopar boltlari kesiladi. Pastki silindr pastga qarab harakatlanadi. Bunday harakatlanish o‘zgartma mufta bilan mustahkamlovchi quvur birikmasi silindrining pastki qismi kesilib bo‘lganicha davom etadi. Harakatlanish davomida silindr pastki qismining sementlash teshigi pastga qarab ochiladi va sementlash eritmasi, birinchi tiqin pastki qismi quvurining tashqi bo‘shlig‘i bo‘ylab harakatlanadi. Keyin, pastki sementlash tiqini o‘zining yelka egariga 4 jipslashib o‘rnashadi. Shundan so‘ng bosim ta’sirida burg‘ilash quvur birikmasining pastki qismi quyuvchi muftadan to boshmoqgacha germetik yopiladi.
Shunday qilib birinchi sementlash jarayonining pastki pog‘onasi tugatiladi. Sement eritmasining birinchi portsiyasi boshmoq birikmasining to belgilangan yuqori qismigacha ko‘tariladi.
Keyin ikkinchi pog‘onali sementlash muftasiga eritma haydaladi va yuqoridagi jarayon yana davom etiriladi.
Ikkinchi yuqori sementlovchi tiqini pastga qarab harakatlanib o‘zining yelka egari bilan quyuvchi muftaning yuqori silindriga tiraladi. Keyin bosim ta’sirida yuqori silindrning stopor boltini kesadi, tsidindr esa pastga qarab harakatlanib sementlash teshiklarini bekitadi. Natijada zarba momenti yuzaga kelib, bir zumda bosim ko‘tariladi. Shu bilan quvur birikmalarini sementlash jarayoni tugatiladi.
Shunday qilib, quduqni sementlash ishi bosim ostida amalga oshiriladi. Sementlovchi teshiklarning mustahkam bekitilishini va purjina xalqasining quvur tashqi bo‘shlig‘idagi sement eritmalarining bosimiga bardosh beraolishligini nazorat qilish uchun quvurlar birikmasidan sementlovchi kallak krani ochiladi.
Shunday keyin 100 kgs/sm2 bosim ta’siridan oldin yopilgan «zarba» momenti va quvur birikmasidan oqib chiqayotgan suyuqlik miqdori hamda sementlovchi kallaklarning bosimi muntazam ravishda nazorat qilinadi.
Agar oqib chiqayotgan suyuqlikning bosimi birdaniga nolga tushib qolsa, unda ikki pog‘onali sementlash jarayoni yaxshi tugatilganligidan dalolat beradi.
Sement eritmasi qotib bo‘lgandan so‘ng quyuvchi sementlovchi kallagi olib tashlanadi. Keyin burg‘ilash quvurlar birikmasi dolota bilan birgalikda quduqga tushirilib tiqin burg‘ilanadi. Quduqlarni Yuvish ishlari amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, burg‘ilash quvurlar birikmasidagi sement stakanigacha bo‘lgan bir va ikki pog‘onali sementlashning balandligi tekshiriladi. Sementlash jarayoni tugagandan keyin sementlash davomida ta’sir etgan inertsion kuchlar va gidrodinamik bosim kuchlar ta’siri to‘xtaydi.
Quduqlarni sementlash jarayoni bir me’yorda olib boriladi. Burg‘ilash qoidalariga ko‘ra, sement eritmalarining qotish va quyuqlanish muddatlari quyidagi asboblar yordamida aniqlanadi. 1000 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi quduqlarda qotish muddati Vika asbobi bilan aniqlanadi. 1000 metrdan yuqori bo‘lgan chuqurlikdagi quduqlarda sement eritmasining quyuqlana boshlash vaqti KS-3 yoki KS-4 konsistometrlar yordamida aniqlanadi. Chunki 100 atm. dan yuqori bo‘lgan bosimlarda Vika asbobi muddatlarni kichik qilib ko‘rsatadi.
12.2 - rasm. Quduqni ikki pog‘onali sementlash jarayonining sxemasi.
a – quyi probkani tushirish; b – yuqori probkani tushirish;
d - sementlash jarayonining tugashi.
1 – sement qorishmasi; 2 – burg‘ilash eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |