Xvostovik (dum)li sementlash Xvostoviklar quduqqa burg‘ilash quvurlari orqali maxsus so‘l kertikli o‘tkazgichlar yordamida tushiriladi. Xvostoviklarni sementlash ajratuvchi sementlovchi tiqin yoki ularsiz amalga oshirish mumkin. Birinchi usul ancha takomillashgan. Chunki xvostovik diametri va tushiriladigan burg‘ilash quvurlar diametri har xil. Shuning uchun sement eritmasini va bosish suyuqligini ajratish uchun ikki qismdan tashkil topgan sementlovchi tiqin qo‘llaniladi. Uning pastki qismi maxsus patrubok yordamida xvostovikga shtift bilan osib mahkamlangan. Yuqori qismi esa burg‘ilash quvurlar birikmasi bo‘yicha sement eritmasi orqasidan harakatlanadi. Tiqinning yuqori qismi pastki tiqin teshigiga o‘rnashib uni bekitadi. Natijada ortiqcha bosim sodir bo‘ladi.