Shirinmiya - Miya (Glucyrrhiza) turkumi. Balandligi 70-100 sm, kóp yillik ót. Fanda uning 18 turi ma'lum bólib, 5 turi Órta Osiyoda keng tarqalgan. Ózbekistonda bu turkumning balandligi 50-80 sm bólgan tóqayzorlar, sug'oriladigan maydonlar, daryo irmoqlarining sohillari, lalmikor yerlarda tarqalgan qizil miya (G. glabra), tog' va tog' oldi zonalarda yovvoyi begona ót sifatida uchraydigan tikanli miya (G. apera) deb nomlangan turlari keng tarqalgan. Shirinmiyaning Ózbekistonda 5 turi yovvoyi holda ósadi. Ildizi tabobatda kóp ishlatiladi. Ildizi tarkibida 4,y - 20% gliserizin, 10% qand, 0,035% efir moyi, bargida vitamin C, 14 % kraxmal, 8% oshlovchi modda bor. Ibn Sino shirinmiya ildizidan turli xastaliklarni davolashda foydalangan. Hozir ham undan xalq va ilmiy tabobatda foydalaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |