Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Zumrad
tarjimasi
HASRAT
Kimga aytay dardimni?
Shom payti. Yog‘ayotgan laylak qor yangi 
yoqilgan  chiroqlar  atrofida  aylanar,  erinibgi-
na otlarning ustiga, odamlarning yelkalariga 
va telpaklariga qo‘nib oqartirar edi. Izvoshning 
kursisida bukchayib qimir etmay o‘tirgan Iona 
Potapovning hamma yog‘i oppoq, xuddi arvohga 
o‘xshaydi. Agar ustiga katta qor uyumi bosib 
tushganida ham qoqib tashlamaydiganday 
ko‘rinar edi... Uning oti ham qordan oqarib tek 
turar edi. Ot o‘zining harakatsizligi, oriq gavda-
si va ingichka, chillakday oyoqlari bilan yaqin-
dan kelib qaraganda ham qand-nondan yasal-
gan «toychoq»qa o‘xshab ko‘rinadi. Har holda 
u ham xayolga cho‘mgan bo‘lsa kerak. Chunki 
o‘rgangan dalasidan, omochidan ayrilib, alo-
mat chiroqlar yongan, to‘xtovsiz taraq-turuq, 
yugurib yurgan odamlardan iborat bir joyga 
kelib qolganidan keyin xayol surmay iloji yo‘q.
Iona bilan oti anchadan beri shu yer-
dan qo‘zg‘almay turib qoldi. Garchi saroydan 
peshin dan ilgari chiqqan bo‘lsa ham haligacha 
hech bir kira qiluvchi odam topilmadi. Mana, 
kech kirib, shaharni qorong‘ilik bosmoqda. 


Anton Chexov
118
Oqarib turgan chiroqlar endi charaqlab, porlab 
ketdi. Ko‘chaning g‘ovur-g‘ovuri borgan sari avj 
oldi, Ionaning qulog‘iga:
– Izvoshchi, Viborgskiyga, – degan ovoz eshit-
ildi. Iona seskanib qor bilan chaplashib qolgan 
kipriklari orasidan qarab shinel va quloqchin 
kiygan bir harbiy odamni ko‘rdi.
– Viborgskiyga! – deb taqrorladi harbiy, – 
nima balo, uxlayapsanmi? Viborgskiyga deyap-
man!
Iona rozi bo‘lib, otning tizginini tortgan edi, 
uning ustini va o‘zining yelkasini qoplagan qor 
to‘kildi... Harbiy kishi chanaga o‘tirdi. Izvosh-
chi chuh deb o‘rnidan sal ko‘tarildi-da, g‘ozga 
o‘xshab bo‘ynini cho‘zib, kerak bo‘lmasa ham, 
odati bo‘yicha qamchini aylantirdi. Ot ham 
bo‘ynini cho‘zdi va chillakday oyoqlarini may-
mashtirib arang joyidan qo‘zg‘aldi...
Iona endi yo‘lga tushishi bilanoq qorong‘ida 
u yoqdan-bu yoqqa o‘tib turgan odamlar orasi-
dan birovning:
– Qayoqqa yurayotibsan! O‘ngdan yur-
sang-chi! – degan tovushi eshitildi.
– Izvosh minishni bilasanmi o‘zing! O‘ngdan 
yur! – deb koyib berdi izvoshdagi harbiy kishi 
ham.
Bir faytonning izvoshchisi uni so‘kib o‘tib 
ketdi. Ko‘chaning u yuzidan-bu yuziga o‘tayo-
tib otning tumshug‘iga o‘zini urib olgan qan-
daydir kishi xo‘mrayib, yengidagi qorni qoqdi. 
Iona igna ustida o‘tirganday betoqat, go‘yo bu 
yerga nima uchun, qanday qilib kelib qolganini 
o‘zi ham tushunolmayotganday atrofga alang-
lab qarar edi.


Buqalamun
119
– Muncha ham ablah odamlar ekan! – deb 
hazil qildi harbiy. – Hammasi ham xuddi masla-
hatlashib qo‘yganday kelib, sening otingga yo 
aravangga urilishadi-ya!
Iona orqasiga qayrilib qaradi-da, lablarini 
qimirlatdi... U bir narsa aytmoqchi bo‘ldi-yu, 
ovozi chiqmadi, xirilladi.
– Nima? – dedi harbiy.
Iona lablarini qiyshaytarib kulimsiradi va 
butun kuchini to‘plab tovushi boricha gapirdi:
– Afandim, men sizga aytsam... shu hafta 
ichi o‘g‘lim o‘ldi.
– Him... nimadan o‘ldi?
Iona butun gavdasi bilan o‘girilib, o‘tirgan 
odamga qaradi-da:
– Kim biladi deysiz? Isitmadan bo‘lsa ke rak... 
Uch kungina kasalxonada yotdi-yu, o‘ldi... 
Xudoning xohishi-da.
– Otingni bur, iblis! – dedi qorong‘ilikdan 
birov, – esingni yedingmi! Ko‘zingga qarasang 
o‘lasanmi!
– Hayda-hayda... – dedi harbiy, – bu ahvolda 
ertaga ham yetolmaymiz. Tezroq hayda!
Izvoshchi yana bo‘ynini cho‘zib o‘rnidan sal 
ko‘tarildi-da, qamchini aylantirdi. So‘ngra bir 
necha marta orqasiga o‘girilib qaradi, lekin 
o‘tirib borayotgan odam uning so‘zlarini eshit-
gisi kelmadi shekilli, ko‘zlarini yumib olgan edi. 
Viborgskiyda bir mayxona yonida to‘xtab uni 
tushirdi. O‘zi yana bukchaydi, jim o‘tirib qol-
di... Yog‘ayotgan laylak qordan uning va oti ning 
usti yana oppoq tusga kirdi. Oradan bir-ikki 
soat chamasi vaqt o‘tdi...



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish