Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Buqalamun
23
ga – ko‘ngil unamaydi... Sen o‘zing bilasan, 
men yomon o‘rganib qolgan odamman... Menga 
karavot ham joyida, joy ham toza, gap-so‘z ham 
bama’ni... Ishqilib maishat asbobi to‘la bo‘lsin, 
sening qishlog‘ingda bo‘lsa yo‘qchilikdan, ach-
chiq tutundan boshqa hech narsa yo‘q... Men 
bir kun ham turolmayman. Basharti chunon-
chi, masalan, men, albatta sen bilan birga tur-
sin deb kattalardan bir farmoyish bo‘lsa, men 
yo – uyimga o‘t qo‘yardim, yo o‘z-o‘zimni halok 
qilardim. Bolaligimdan menga bu odat sin-
gishib qolgan, hech bir ilojim yo‘q.
– Shu tobda qayerdasiz o‘zingiz?
– Dmitriy Ivanovich xo‘jaynim bo‘ladi, o‘sha-
ning ovchisiman. O‘sha kishining ovqatiga il-
varsin urib beraman, ammo lekin ko‘proq ha-
vas uchun olib yuradi meni.
– Ulug‘simon ishga o‘xshamaydi bu ishin-
giz, Yegor Vlasich... Odamlar uni ko‘ngil ochish 
uchun qilishadi, siz bo‘lsangiz pesha aylab... 
kasbday bir narsa qilib olibsiz...
Hasrat bilan ko‘klarga tikilgani holda:
– Sen, nodon, munaqa narsalarni bilar-
miding, qalay? – dedi Yegor. – Men nima odam-
man? Muni sen shuncha yil umr ko‘rib, bil-
gan emassan, mundan nari ham to o‘lguning-
cha bilmay o‘tasan... Sen meni bir devona, bir 
betovfiq  banda  deb  o‘ylaysan,  ammo  tushu­
nadigan odamlar bor, ular bo‘lsa meni butun 
shu hududda eng usta mergan deb biladilar, u 
odamlar meni yaxshi bilishadi, meni to‘g‘rim-
da gazetka ham bitishdi. Bu ovchilik xususiga 
kelganda men bilan tenglashadigan hech kim 


Anton Chexov
24
yo‘q. Senlarning dehqonchiligingni jinim suy-
maydi, ammo lekin bu mening xon qiziday erka 
o‘skanimdan yo bo‘lmasa kattalik qilganimdan 
emas, men senga aytsam, umrimda ov miltig‘i, 
ov itidan boshqa narsani ko‘rmaganimdan 
miltig‘imni olib qo‘ysalar qarmoqqa yopisha-
man, qarmog‘imni ham olib qo‘ysalar, qo‘lim 
minan ov qilaman. Ori rost, bir zamonlar ot jal-
lobligi ham qilganman, chorbozorga ham qat-
naganman, u vaqtlarda pul degan narsa bo‘lar-
di menda, o‘zing ham bilasanki, ovchilik peshi-
ga tushkan, yo ot jallobliq yo‘liga kirgan qishloq 
odami omoch buyunturuq bilan xayr-manzur 
qiladi. Bu sayog‘lik savdosi odam bolasiga bir 
yopishkandan keyin, sira chiqarib bo‘lmay-
di uni. Mana, chunonchi, xo‘jayinlarda ham 
ba’zi bir xillari artistlikka yo boshqa shunaqa 
o‘yin ko‘chalariga kirib ketsa, keyin na to‘ralik-
ka yaraydi, na zamindorlikka. Sen, ayol narsa, 
munaqa narsalarni tushunmaysan, tushunish 
kerak lekin.
– Tushunaman men, Yegor Vlasich.
– Yig‘lay-yig‘lay deb turibsan, tushunmaga-
ning shu...
– Men... Men yig‘laganim yo‘q, – dedi Pela-
geya teskari qarab. –  Ayb, Yegor Vlasich! Bir-
gina kun bo‘lsa ham men sho‘rlik bilan turib 
qo‘yishingiz lozim edi. Sizga erga tekkanimga 
mana 12 yil bo‘ldi, ammo... ammo lekin ora-
mizda bir martaba ham bo‘lsin suyushuv de-
gan narsa o‘tkani yo‘q!.. Men... Men yig‘lab yot-
kanim yo‘q...
Qo‘llarini qashiy-qashiy:


Buqalamun
25
– Suyushuv... – deya g‘udrandi Yegor. – Suyu-
shuv nima qilsin bizda. Bizning er-xotinligimiz 
quruq nom, xolos, shunday emasmi, axir? 
Se 
ning ko‘zingda men bir yovoyi odamman, 
mening nazarimda sen bir nodon, bir sodda-
dil ayolsan. Xil kelgan yerimiz bormi? Men –  
nuqtasi yo‘q, sayoq bo‘lib o‘skan, o‘yinqaroq bir 
narsaman, sen bo‘lsang – yumushga yuradi-
gan, choriq sudraydigan bir qishloqi ayolsan, 
turmushing  iflos,  boshing  mehnatdan  chiq-
maydi. Men o‘z xususimda shunday mulohaza 
qilamanki, ovchilik xususida men birinchiman, 
sen bo‘lsang menga rahming kelganday bo‘lib 
qaraysan... Qani xil kelganimiz?
Oramizda nikoh bor, axir, Yegor Vlasich! – 
dedi Pelageya xo‘rsinib.
– Zo‘r bilan nikohlanganmiz... Esingdan 
chiqdimi yo? Graf Sergiy Pavlochka qulluq 
qilishing kerak... undan keyin o‘zingga. Men 
merganlikda undan o‘tkur emasmanmi, shun-
ga g‘ashi kelib bir oygacha meni ichkilik bilan 
sug‘ordi, mast odamni uylantirishkina emas, 
boshqa dinga kirgizishi ham hech gap emas. 
Ana o‘sha alamini olaman deb meni senga 
uylantirib qo‘ydi... yegerga bir molboqarni olib 
berdi! Sen mening mastligimni bilarding-ku, 
nega tegding? Kriposnoylardan emasding-ku, 
unamasang bo‘lardi! Albatta, bir molboqar 
yegerga teksa jon deydi-ku-ya, lekin mulohaza 
qilish kerak edi. Mana endi azobini o‘zing tort, 
o‘zing yig‘la. Grafka – kulgi, sen bo‘lsang yig‘la. 
Boshingni toshga ur...


Anton Chexov
26
Jimlik cho‘kadi. Bedazor ustidan uchta 
o‘rdak uchib boradi. Yegor ularga tikiladi va 
ko‘zga sal-sal ilashadigan qora nuqta singari 
bo‘lib huv... olislarga – o‘rmon ketiga tushkun-
cha ularni kuzatadi.
Ko‘zini o‘rdaklardan Pelageyaga ko‘chirib:
– Tirikliging nima bilan? – deb so‘raydi u.
– Mana hozir yumushga boshladim, qishda 
bo‘lsa go‘dakxonadan bola olib emizgi bilan bo-
qardim. Oyda bir yarim so‘m berishardi.
– Xo‘p...
Yana jimlik. O‘rilgan bug‘doyzor tomoni-
dan kelgan yumshoq bir ashula ovozi boshla-
nar-boshlanmas to‘xtab qoladi. Issig‘da ashula 
aytib ham bo‘lmaydi...
– Siz Akulinaga yangi uy qilib bergan emish-
sizmi? – dedi Pelageya. – Unday bo‘lsa u sizga 
yoqib qolgandir-da...
– Sening baxting shu o‘zi, yozmishing! – dedi 
Yegor qizishib turib. – Bardosh qil, yetimcha. 
Xayr endi, kechirgin, hali ham ko‘p gapirdim... 
Kechkacha Bo‘ltvoga yetib bormasam bo‘lmay-
di.
Yegor o‘rnidan turib, bir kirishib so‘ngra 
miltig‘ini yelkasiga oladi. Pelageya ham o‘rni-
dan turadi.
U ohistagina:
– Qishloq tomonga qachon o‘tasiz? – deb 
so‘raydi.
– Nima bor qishloqda. Hushyor bo‘lsam agar 
yaqin yo‘lamayman, mast bo‘lib kelishimdan 
senga naf yo‘q. Mast vaqtimda odamlikdan 
chiqaman men... Yaxshi qol!


Buqalamun
27
– Yaxshi boring bo‘lmasa Yegor Vlasich!
Yegor shapkasini kiyib itini imlagach yo‘lga 
tushdi. Pelageya turgan joyida turib qolib uni 
kuzatadi... U Yegorning silkinib borayotgan 
kuraklarini, haybatlik gardanini, xushyoq-
mas, beparvo qadam tashlashlarini ko‘radi va 
ko‘zlariga mung bilan yumshoq bir erkalik to‘la-
di. Uning nazarlari erining oriq, novcha bo‘ylari 
bo‘ylab chopadi va uni erkalatib siypalaydi... 
Yegor bu qarashni sezganday, to‘xtab orqasiga 
qaraydi... U indamaydi, jim, lekin uning yuzini, 
ko‘tarilgan yelkalarini ko‘rib, Pelageya, Yegor-
ning o‘ziga bir narsa aytmoqchi bo‘lganini pay-
qaydi. Pelageya, uncha botinolmasdan asta-
gina yaqinlashib borib, yolvoruvchi qarashlar 
bilan unga qarab qoladi.
U munga tomon burilib:
– Ma! – dedi:
Va qo‘liga majaqlanib ketgan bir so‘mlikni 
uzatib, yana tezgina o‘z yo‘liga ketadi.
Pelageya, beixtiyor pulni olib turib:
– Xayr endi, Yegor Vlasich! – dedi.
Yegor uzun, qayishday to‘g‘ri tortilgan yo‘l 
bilan ketib boradi... Pelageya esa, rangi o‘ch-
kan, haykaldek qotqani holda nazarlari bilan 
uning har bir qadamini ovlaydi. Ana, ko‘ylagi-
ning qizil rangi shimining qora rangi bilan quyi-
lishib ketdi, qadamlari ko‘zga ilashmaydi, itini 
etigidan ajratib bo‘lmaydi. Yolg‘iz shapkaning 
o‘zigina ko‘rinadi, faqat... Yegor birdaniga o‘nga 
– bedazor tomonga burilgach, shapka ham ko‘k 
orasida g‘oyib bo‘ladi.


Anton Chexov
28
– Xayr endi Yegor Vlasich! – deb pichirlaydi 
Pelageya va oq shapkani yana bir marta bo‘lsa 
ham ko‘rib qolmoq uchun, oyoq uchi bilan 
turub, cho‘zilib qaraydi.
Yegor indamaydi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish