Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
166
Shu vaqt birdan:
– Bu nima degan gap? – deb jahl bilan qattiq 
aytilgan ovoz eshitildi va egniga chopon kiygan, 
tamaki tishlagan kechagi notanish kishi kirib 
keldi. – Nima gap o‘zi? Joy-joyingga bor!
U kishi mushukning yoniga keldi, egilib tur-
gan beliga bir urdi-da:
– Fedor Timofeich, bu nima degan gap? Janjal 
qo‘zg‘adilaringmi? Eh, qari tentak! Yot! – dedi.
Keyin g‘oz tomonga o‘girilib baqirdi:
– Ivan Ivanich, bor joyingga.
Mushuk itoatkorlik bilan ko‘rpachasiga yot-
di va ko‘zini yumdi. Tumshug‘i va mo‘ylabining 
turishiga ko‘ra, qizishib ketib, janjalga aralash-
gandan o‘zi ham norozidek ko‘rinardi. Kashtan-
ka ranjib g‘ingshidi, g‘oz esa bo‘ynini cho‘zib 
nima to‘g‘ridadir tez-tez, qizg‘in va ravshan ga-
pirdi, lekin uning nima deganiga butunlay tu-
shunib bo‘lmas edi.
– Xo‘p, xo‘p! – dedi xo‘jayin esnab. – Ahil bo‘lib, 
do‘st bo‘lib yashash kerak. – U Kashtankani si-
lab qo‘ydi va gapini davom ettirdi: – Sen, sariq, 
qo‘rqma... Bu xaloyiq senga ozor bermaydi... 
Shoshma, sening isming nima bo‘ladi endi? 
Ismsiz yurib bo‘lmaydi-ku, og‘ayni.
Notanish kishi biroz o‘ylab turgach: 
– Topdim... – dedi. – Sening oting Tyotka 
bo‘ladi... Tushundingmi, Tyotka?
U, Tyotka so‘zini bir necha bor takrorla-
di-da, chiqib ketdi. Kashtanka o‘tirdi va atro-
fini  kuzata  boshladi.  Mushuk  ko‘rpachasida 
qimir etmay o‘tirar va o‘zini uyquga solar edi. 


Buqalamun
167
G‘oz esa bo‘ynini cho‘zib va turgan joyida yer 
tepinib, allanarsa to‘g‘risida tez va qizg‘in ga-
pirardi. Aftidan g‘oz juda aqlli ko‘rinardi; har 
gal uzundan-uzoq gapirgandan keyin, hay-
ron bo‘lib, orqasiga tislanar va o‘z so‘zidan 
zavqla 
nayotganday ko‘rinardi... Kashtanka 
uning gapiga quloq soldi, «Rrr...» deb javob 
qaytardi-da, burchaklarni iskay boshladi. Bir 
burchakda kichkina tog‘ora turar, unda no‘xat 
va non ivitib qo‘yilgan edi. Kashtanka no‘xatdan 
yeb ko‘rdi – bemaza ekan, nondan yeb ko‘rdi – 
durust ekan, indamay yeyaverdi. G‘oz begona 
bir it ovqatni yeb qo‘yayotgani uchun xafa ham 
bo‘lmadi, aksincha, boyagidan ham qizg‘inroq 
gapirdi va o‘zining ishonchini ko‘rsatish uchun 
tog‘ora yoniga keldi-da, no‘xatdan bir necha 
donasini terib yedi.
4
G‘ALVIRDAGI MO‘JIZA
Birozdan keyin notanish kishi yana kirdi. 
Uning  qo‘lida  darvoza  va  «П»  shakliga  o‘xsha-
gan g‘alati bir narsa bor edi. Yog‘ochdan qo‘pol 
qilib ishlangan «П» shaklining tepasiga qo‘ng‘i­
roq osilgan va to‘pponcha bog‘lab qo‘yilgan edi. 
Qo‘ng‘iroqning tili va to‘pponchaning tepasi-
ga kanop bog‘langan edi. Notanish kishi «П»ni 
uyning o‘rtasiga qo‘ydi, anchagacha allanarsa-
larni yechdi, boyladi keyin g‘ozga qaradi-da:
– Qani, Ivan Ivanich, marhamat! – deb qo‘ydi.
G‘oz «П» ning yoniga keldi va allanarsani kut-
gan vaziyatda to‘xtadi.


Anton Chexov
168
– Qani, – dedi notanish kishi, – boshlaymiz. 
– Avval bir salom qilib qo‘y! Tez bo‘l!
Ivan Ivanich bo‘ynini cho‘zdi, har tarafga qa-
rab bosh chayqadi va panjasi bilan yer tepinib 
qo‘ydi.
– Yasha, balli... Qani endi, o‘l! – G‘oz oyog‘ini 
osmonga ko‘tarib chalqancha tushib yotdi. Ana 
shunaqa bir necha ahamiyatsiz qiliqlardan ke-
yin notanish kishi birdan boshini changalladi 
va yuzida qo‘rquv aks ettirib qichqirdi:
– Qorovul! O‘t ketdi! Yonib ketdik!
Ivan  Ivanich  «П»ning  yoniga  yugurib  bordi, 
kanopni tishlab tortdi-da, qo‘ng‘iroqni chalib 
yubordi.
Notanish kishi juda mamnun bo‘ldi. U 
g‘ozning bo‘ynini siladi-da:
– Barakalla, Ivan Ivanich! – deb qo‘ydi. – 
Endi, o‘zingni zargar deb faraz qil, oltin va ol-
moslar bilan savdo qilasan. Do‘koningga kel-
sangki, o‘g‘rilar yuripti. Shunaqa bo‘lsa nima 
qilarding?
G‘oz ikkinchi kanopni tishlab tortdi, to‘ppon-
cha paqillab otildi. Qo‘ng‘iroqning jaranglashi 
Kashtankaga juda yoqdi, to‘pponchaning 
paqillab otilishi uni shu qadar zavqlantirib 
yubordiki, «П»ning atrofida yugurib, vovulladi.
– Tyotka, joyingga bor! – deb qichqirdi nota-
nish kishi. – Tek tur!
Ivan Ivanichning ishi to‘pponcha otish bilan 
tugamadi. Notanish kishi xipchinini shipilla-
tib uni bir soatcha o‘z atrofida aylantirdi, g‘ozni 
g‘ovdan sakrashga, chambarak ichidan sakrab 
o‘tishga, dumini yerga tirab, panjalarini qimir-



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish