Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
152
yotganda qizlar oyoq uchi bilan ularning yotog‘i 
eshigi yoniga borib, gaplarini eshitib turishdi. 
U-ho‘, ular shunday gaplarni eshitishdiki! Bo-
lalar oltin izlash uchun Amerikaga qochishni 
mo‘ljallagan edilar; yo‘l uchun ke rakli narsa-
larning hammasini tayyorlab qo‘ygan bo‘lib, 
to‘pponcha, ikkita pichoq, qoq non, o‘t yoqish 
uchun ishlatiladigan shisha, kompas va to‘rt 
so‘m pullari bor edi. Qizlar bolalarning bir 
necha ming chaqirim piyoda yurishlarini, yo‘l-
yo‘lakay yo‘lbars va yovvoyi odamlar bilan ku-
rashishlarini, keyin oltin va fil suyagi topishla-
rini, dushmanlarni qirib, dengiz yo‘lbosarlariga 
qo‘shilib ketishlarini, jin ichishlarini va oxirida 
go‘zal malikalarga uylanib, plantatsiyada deh-
qonchilik qilib kun kechirishlarini eshitishdi. 
Volodya bilan Chechevitsin gapirar, qizishib 
ketib bir-birlarining so‘zlarini bo‘lar edilar. 
Chechevitsin o‘zini «Montigomo Qarchig‘ay 
tirnog‘i» deb atar, Volodyani esa «Za’faron yuzli 
birodarim», deb atardi.
– Yana oyimga aytib qo‘yma, – dedi Katya 
Sonyaga uxlash uchun o‘z xonalariga kirib 
ketaturib. – Volodya Amerikadan bizga tilla bi-
lan fil suyagi olib keladi. Agar aytib qo‘ysang, 
ularni yuborishmaydi.
Bayram arafasida Chechevitsin kun bo‘yi 
Osiyo xaritasini ko‘zdan kechirib, allanarsalarni 
yozish bilan shug‘ullandi, xuddi asalari chaqqan 
kishiniki singari yuzi lo‘pillab turgan Volodya 
g‘amgin bir tarzda xonadan xonaga o‘tar, hech 
narsa yemas edi. Bir gal bolalar xonasiga kirib, 
ikona yonida to‘xtab, cho‘qinib oldi-da:


Buqalamun
153
– E, Xudoyim, gunohlarimni kechir! Xudoyo 
xudovando bechora onamni o‘z panohingda 
saqla, – deb ham qo‘ydi.
Kechga borib yig‘lab yubordi. Uxlashga yo-
tish oldidan esa otasi, onasi va singillarini uzoq 
quchoqladi. Katya bilan Sonya buning ma’nosi-
ga tushunar, kichkina Masha esa hech narsaga, 
butunlay hech narsaga tushunmas, Chechevit-
singa ko‘zi tushganda o‘ylanib qolar va: 
– Enaga ro‘za kunlarida no‘xat bilan yas-
miq solingan ovqat yeyish kerak deyapti, – deb 
qo‘yardi xo‘rsinib. 
Bayram kuni Katya bilan Sonya erta saharlab 
o‘rinlaridan turishdi va bolalarning Amerikaga 
qanday qilib qochishlarini tomosha qilmoqchi 
bo‘lishdi. Ular pisib eshik yoniga kelishdi.
– Shunday qilib bormaysanmi? – derdi 
Chechevitsin achchig‘lanib. – Gapir, bormay-
sanmi?
– E, Xudo! – sekin yig‘lardi Volodya. – Qan-
day qilib ketay? Oyimga rahmim kelyapti.
– Za’faron yuzli birodarim, iltimos qilaman 
sendan, jo‘naylik! Boramiz deb meni toza ishon-
tirgan eding-ku. O‘zing meni bu ishga boshlab, 
ketadigan vaqt yetganda endi qo‘rqoqlik qila-
yapsan.
– Men... men qo‘rqayotganim yo‘q... mening... 
oyimga rahmim kelyapti. 
– Qani menga shunisini ayt: borasanmi, 
yo‘qmi?
– Boraman, boraman... Faqat shoshmay tur. 
Uyda biroz turaylik.


Anton Chexov
154
– Bo‘lmasam o‘zim ketaman! – dedi Cheche-
vitsin qat’iylik bilan. – Sensiz ham ishim bitadi. 
Yana bu kishi yo‘lbarslarni ovlamoqchi, jang 
qilmoqchi edilar. Bormaydigan bo‘lsang piston-
larimni qaytarib ber!
Volodya shu qadar alam bilan yig‘ladiki, sin-
gillari ham o‘zlarini tutolmay yig‘lab yuborish-
di. Jimlik cho‘kdi.
– Shunday qilib bormaysanmi? – deb yana 
so‘radi Chechevitsin.
– Bo... boraman.
– Bo‘lmasam kiyimlaringni kiy!
Chechevitsin Volodyani ko‘ndirish uchun 
Amerikani maqtar, yo‘lbarsga o‘xshab o‘kirar, 
paroxod  bo‘lib  vishillar,  so‘kinar,  fil  suyagi­
ning hammasini, arslon va yo‘lbars terilarining 
hammasini Volodyaga berishga va’da qilar edi.
Qorachadan kelgan, paxmoq soch, sepkilli
ozg‘ingina bola qizlarning nazarida ajoyib bo‘lib 
ko‘rinardi. Qizlar uni hech narsadan tap tort-
maydigan qahramon deb o‘ylashardi. Buning 
ustiga u shunday ustalik bilan o‘kirardiki, es-
hik orqasida turgan odam haqiqatan yo‘lbars 
yoki arslon o‘kiryapti deb o‘ylashi mumkin edi.
Qizlar o‘z xonalariga qaytib, kiyina boshla-
ganlarida Katya ko‘ziga jiqqa yosh olib:
– Juda qo‘rqayapman! – deb qo‘ydi.
Soat ikkigacha, tushki ovqat vaqtigacha 
hamma yoq jim-jit edi. Faqat ovqatga o‘tirgan-
larida bolalarning yo‘qligini sezib qolishdi. Xiz-
matkorlar uyiga, otxonaga, qorovullar turadi-
gan uyga odam yuborishdi – bolalar u yerlarda 


Buqalamun
155
yo‘q edi. Qishloqqa odam yuborishdi – u yerdan 
ham topisha olmadi. Keyin choy ichayotganla-
rida ham bolalar yo‘q edi. Kechki ovqatga o‘tir-
ganlarida esa onalari juda xavotirlandi, hatto 
yig‘lab yubordi. Kechasi yana qishloqqa borib 
qidirishdi, chiroq bilan daryo bo‘yini axtarish-
di. Uyda toza vahima ko‘tarildi!
Ertasiga nozir keldi, yemakxonada o‘tirishib 
allaqanday qog‘oz yozishdi. Onalari o‘shanda 
ham yig‘lab o‘tirdi.
Mana darvoza oldida keng, pastak chana 
to‘xtadi, unga qo‘shilgan uchta oq otdan quyuq 
bug‘ ko‘tarilar edi.
– Volodya keldi! – deb qichqirdi hovlida al-
lakim.
– Volodya keldilar! – deb baqirdi Natalya, ye-
makxonaga kirayotib.
Milord yo‘g‘on tovush bilan: – Vov! Vov! – 
dedi. 
Bolalarni shaharda tutib olishipti (ular porox 
sotadigan joyni surishtirib yurgan ekan). Volod-
ya dahlizga kirgan hamono ho‘ngrab yig‘lab 
yubordi va onasining bo‘ynidan quchoqlab 
oldi. Qizlar dir-dir titrab, nima bo‘lar ekan deb 
turi shardi. Ular otalari Volodya bilan Cheche-
vitsinni xonasiga olib kirib ketganini, ular bilan 
uzoq gaplashganini eshitishdi; onalari ham ga-
pirdi va yig‘ladi.
– Shunaqa qilib bo‘ladimi axir? – deb uqti-
rardi otasi. – Xudo ko‘rsatmasin, buni gimnazi-
yada bilib qolishsa, haydab yuborishadi-ku. 
Uyalmaysizmi, janob Chechevitsin! Yaxshimas! 


Anton Chexov
156
Shu ishlarni siz boshlagansiz. Ota-onangiz ja-
zongizni berib qo‘yishar deb o‘ylayman! Shuna-
qa qilib bo‘ladimi axir? Qayerda tunadingiz?
– Vokzalda, – deb javob berdi Chechevitsin 
gerdayib. Keyin Volodya yotib qoldi va uning 
boshiga sirkaga ho‘llangan sochiq bosib tur-
dilar. Allaqayoqqa telegramma yubordilar. Er-
tasiga bir xotin – Chechevitsinning onasi kelib 
o‘g‘lini olib ketdi.
Jo‘nab ketayotganda Chechevitsinning qiyo-
fasi shiddatli va mag‘rur edi. Qizlar bilan xayr-
lashayotib hech narsa demadi; faqat Katyaning 
daftarchasini olib, esdalik uchun: «Montigomo 
Qarchig‘ay tirnog‘i» deb yozib qo‘ydi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish