Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Shahnoza Rahmonova
tarjimasi
KUYOV VA QAYNOTA
– Uylanayotgan ekansiz? – Dala-hovlida-
gi bazmda Pyotr Petrovich Milkinning tanishi 
shunday deya murojaat qildi.
– Bu gapni qayerdan oldingiz? – to‘ng‘illadi 
Milkin.
– Hamma shu haqida gapiryapti. Yashirish-
ning nima hojati bor. Nastenka Kondrashkin 
bilan qanday sayr qilib, qo‘shiq aytganingizni 
eshitganmiz, ko‘rganmiz, azizim, he-he-he. Ya-
qinda Kondrashkinning o‘zi «Allaqachon ish 
pishgan», dedi. To‘g‘risini aytsam, siz uchun 
xursandman. Hatto Kondrashkinlardan ham 
ko‘proq quvondim. Bechoraning yetti nafar qizi 
bor-a!
«Jin ursin!» – o‘ylandi Milkin. O‘ninchi odam 
unga Nastenkaga uylanishi haqida gapiryapti. 
Bu ahmoqlikni tugatish kerak. Ertasiga erta-
lab Milkin uyat va qo‘rquv aralash Kondrash-
kinlarnikiga jo‘nadi. 
– Pyotr Petrovich, marhamat, – deya uni uy 
egasi qarshi oldi. – Hozir Nastenka keladi. U 
Gusevlarnikiga chiqqandi. 
– Men... to‘g‘risini aytsam, Nastenka Kiril-
lovnani so‘rab kelmadim. Aslida sizning yonin-


Anton Chexov
54
gizga suhbatlashgani keldim, – deya g‘o‘ldiradi 
Milkin ko‘zlarini olib qochib.
– Xo‘sh, nima haqida gaplashmoqchi-
siz? – so‘radi Kondrashkin. – He-he-he, nega 
buncha uyalayapsiz? Bilaman nima haqida 
gaplashmoq chisiz. Buni allaqachon qilish ke-
rak edi. 
– Men ketayotgandim. Shuning uchun xayr-
lashgani keldim... Ruxsat bersangiz mehmon-
dorchilik uchun minnatdorchilik bildirsam...
– Qanaqasiga? Men tushunmayapman, – 
gapini bo‘ldi Kondrashkin. – Albatta, har bir 
kishining ketishga haqi bor... Demak, qochyap-
siz... axir bu adolatdan emas. 
– Men... haligi...
– Yoz bo‘yi bu yerga kelib, yeb-ichding. Qi-
zlar bilan vaqtichog‘lik qilding. Birdan mana 
jo‘nab ketayapman, deysan. To‘g‘ri, siz uning 
qo‘lini so‘ramadingiz. Ammo qilayotgan ishin-
giz shunga borib taqalardi. Har kuni Nastya 
bilan tushlik qilib, kechqurun qo‘lidan ush-
lab, bog‘da sayr qilardingiz... agar sizni kuyov 
deb bilmaganimda, hech qachon boqmasdim. 
 Uning  qo‘lini so‘raysiz... Bo‘lmasa...
– Nastya Kirillovna juda ajoyib qiz... Uni 
hurmat qilaman. Biroq bizning qarashlarimiz 
bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, – dedi Milkin tit rab-
qaqshab. 
– Faqat shumi sabab? – kuldi Kondrashkin. 
– Axir azizim, nahotki, yer yuzidan erkak zoti 
bilan qarashlari bir xil bo‘lgan ayolni topish 
mumkin bo‘lsa? Zo‘r gap yo‘q. Bitta mantiqli 


Buqalamun
55
javob topib shunga yopishib olganini qarang. 
Hatto isitmam ko‘tarildi. 
– Men Nastasya Kirillovnaga arzimayman.
– Arziysan, arziysan! Sen zo‘r yigitsan! 
– Kamchiliklarimni bilmaysiz-da. Men kam-
bag‘alman. 
– Oylik olasiz-ku, Xudoga shukr!
– Men ichuvchiman.
– Yo‘q, yo‘q. Sizni umuman mast holda 
ko‘rmaganman. Hozirgi yoshlar ichishmaydi. 
Men yosh bo‘lganimda butun mamlakat bo‘ylab 
yurib, vaqtichog‘lik qilardim. Busiz yashab 
bo‘lmaydi. 
– Men mukkasidan ketganman. Keyin yura-
gim ham o‘sal. 
– Ishonmayman! Birdan o‘zingni ichuvchi-
man deysan! Kasalman deysan.
«Aldab bo‘lmayapti-ku yaramasni. Hech 
bo‘lmasa bitta qizini erga berishni shunday 
xohlayaptiki», – o‘zicha o‘ylandi Milkin. 
– Men nafaqat aroqxo‘rman, balki pora olish-
ga ham o‘chman, – davom etdi u. 
– Hozir kim pora olmaydi?! Bu gaping bilan 
ko‘nglimni zabt etding.
– Taqdirimni bilgan kunim uylanmaslikka 
qaror qilganman. Kelajakda kamomad uchun 
sud kursisiga o‘tirishimga to‘g‘ri keladi. 
– Taqdirni bilmay turib uylanish mumkin 
emas. Xo‘sh qancha pulni o‘zlashtirdingiz?
– Qirq to‘rt ming...
– Buncha ko‘p. Sibirga yuborishlari mum-
kin... Qizim kuyib qoladi-ku. Unday bo‘lsa 
Xudo siz bilan, yaxshi boring.


Anton Chexov
56
Milkin erkin nafas olib, shlyapasiga qo‘l 
cho‘zdi. 
– Agar... – davom etdi Kondrashkin. – Nast-
ya sizni sevsa, ortingizdan qolmaydi. Sibirda 
ham bu yerdagidan yaxshiroq yashashyap-
ti. Agar oilam bo‘lmasa o‘zim ham o‘sha yerga 
jo‘navorardim. Shunday ekan, qo‘lini so‘rashin-
giz mumkin. 
– Hayotimning dahshatli sirlarini ochishga 
majbur qilayapsiz. Men qimorbozman. 
– To‘g‘risini aytsam, kutmagandim, – dedi 
Kondrashkin Milkinga sirli nigoh tashlab. – 
Kimni qo‘ynimda olib yurgan ekanman. Xudo 
haqi keting, ko‘zimga ko‘rinmang. 
Milkin shlyapasini olib, g‘alaba nashidasini 
surib, eshikka yaqinlashdi.
– To‘xtang, to‘xtang! Nega sizni shu paytga-
cha ushlashmagan.
–  Birovning  ismi­sharifida  yuraman.  Meni 
ushlash qiyin. 
– Balki sizni bir umr qo‘lga tushirisholmas, 
balki vijdoningiz qiynalayotgandir? Xudo siz bi-
lan, uylaning, men roziman. 
Milkinni ter bosdi, boshqa yolg‘on o‘ylab topol-
masdi. U yengilganini tan oldi. Endi qochib ketish 
sharmandalik bo‘lardi. U ortga qaytib roziligini 
aytmoqchi edi. Birdan xayoliga yangi fikr keldi. 
– Jinniman. Jinnilarga esa uylanish mum-
kin emas. Bu haqda shifokor xulosasi ham bor. 
 Ishonmasangiz uni olib kelishim mumkin, – 
dedi Milkin. 
Kondrashkin rozi bo‘ldi. Milkin darrov do‘sti 
shifokor Fityuyevning yoniga yugurdi:


Buqalamun
57
– Qutqar do‘stim, meni uylantirishmoqchi. 
Jinnilarga uylanish mumkin emas. Jinniligim 
to‘g‘risida bitta ma’lumotnoma yozib bersang, 
iltimos. 
Baxtga qarshi Fityuyev xotini bilan urishib 
qolgan ekan. 
– Uylanishni istamaysanmi? – deb so‘radi.
– Hech qachon! – deya javob berdi Milkin. 
– Unda buning iloji yo‘q, – dedi shifokor. 
Milkinning savol nazari bilan tikilib turgani-
ni ko‘rib, izoh berdi. – Uylanishni istaganing-
da ma’lumotnoma yozib berishim mumkin edi. 
Uylanishni istamayotgan ekansan, demak, 
senda umuman jinnilik alomati yo‘q. Shunday 
ekan, uylanishni istagan kuning kel, ma’lumot-
noma yozib beraman.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish