Abdulla Qahhor
tarjimasi
UNTER PRISHIBEYEV
– Unterofitser
1
Prishibeyev! Siz shuning
uchun ayblanasizki, 3-sentabr kuni so‘z va
harakatingiz bilan uryadnik
2
Jiginni, volost
3
boshlig‘i Alyapovni, yuzboshi Yefimovni, gu-
vohlar qatorida o‘tiruvchi Ivanov va Gavrilovni,
yana oltita dehqonni haqorat qilgansiz. Shuni
ham aytish kerakki, uryadnik, volost boshlig‘i
va yuzboshini xizmat vazifalarini o‘tab turgan
chog‘da haqorat qilgansiz. Aybingizga iqror-
misiz?
Yuzi burishgan, basharasini jun bosgan Pri-
shibeyev g‘oz turib, xirqiroq va bo‘g‘ilgan ovoz
bilan, xuddi buyruq berayotganday, har so‘zini
bitta-bitta aytib, javob qaytaradi:
– Janobi oliylari, sud hazratlari! Demak,
qonunning butun moddalariga qaraganda, ish-
ning sababini har yoqlama tekshiruv lozim edi.
Ayb menda emas, boshqalarda. Bu ish ham-
masi Xudo rahmat qilgur bir murda ustida ke-
lib chiqdi. Shu oyning uchinchi kuni xotinim
Anfisa bilan sekin, oliyjanoblik bilan ketayot-
1
Unterofitser – kichik zobit.
2
Uyezd politsiyasining kichik unvoni.
3
Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloqdan iborat
ma’muriy bo‘linma.
Anton Chexov
88
gan edim, qarasam – suv bo‘yida bir to‘da odam
turipti. Xalqning to‘plangani qanday haqi bor?
– dedim. Nechun? Qonunda xalq poda sin-
gari to‘planib yursin deb aytilganmi? «Tarqa-
lingiz!» deb qichqirdim. Uylariga tarqalsin deb
odamlarni nari-beri itara boshladim, yuzboshi-
ga, bo‘yniga urib haydashni buyurdim...
– Shoshmang, siz axir uryadnik ham, oqso-
qol ham emassiz-a, xalqni haydash sizning
ishingiz emas-ku?
Har burchakdan:
– Uning ishi emas! Uning ishi emas! – degan
ovozlar eshitildi. – Taqsir, u bizga kun bermay
qo‘ydi! O‘n besh yildan beri undan ko‘rmagan
ko‘rgiligimiz qolmadi, u xizmatdan qaytgandan
buyon qishloqni tashlab ketguday holdamiz.
Hammani jonidan bezdirdi.
– Xuddi shunday taqsir! – dedi guvohlik be-
ruvchi oqsoqol. – Butun yurt bir bo‘lib, shi-
koyat qilamiz. U bilan murosa qilish qiyin bo‘lib
qoldi... Ma’rakalarda ham, to‘y-tomoshalarda
ham yoki boshqa bir marosimda bo‘lsa ham,
xullas, har qachon qichqiradi, shovqin soladi,
o‘zicha tartib o‘rnatgan bo‘ladi. Bolalarning qu-
log‘idan cho‘zadi, bir gap chiqib qolmasmikin,
deb xotinlarga sekin nazar solib yuradi, go‘yo
qaynataga o‘xshaydi. Bir kuni, ashula aytman-
giz, chiroq yoqmangiz, deb uyma-uy buyruq
qilib yurdi. Qonunda ashula aytsin demagan,
deb qichqirdi.
– Shoshmanglar, hali guvohlik berishga ul-
gurasiz, – dedi sudya, – Prishibeyevning o‘zi ga-
Buqalamun
89
pirsin-chi. Qani, Prishibeyev, gapingizni davom
ettiring.
– Xo‘p, taqsir! – deb xirilladi unter. – Siz ja-
nob oliy, xalqni tarqatish mening ishim emasli-
gini gapirdingiz... Yaxshi... Xo‘sh, agar, tartib-
sizlik yuz bersa nima qilish kerak? Xalqning
tartibsiz lik qiluviga yo‘l qo‘yib berish kerakmi?
Qaysi qonunda xalqni o‘z erkiga qo‘yib berilsin
deyilgan? Men bunga yo‘l qo‘ya olmayman: men
ularni haydamasam, jazo bermasam, buni kim
qiladi? Chinakam tartibni hech kim bilmaydi.
Aytish mumkin, taqsir, oddiy fuqaro bilan qan-
day muomala qilishni, butun qishloqda faqat
men o‘zim bilaman, o‘zim, taqsir, hamma nar-
sani tushuna olaman. Men mardikor emas, men
unterofitserman, xizmatdan bo‘shab kelgan
kaptenarmusman. Men Varshavada, shtabda
ishlaganman... Agar bilishni istasangiz, un-
dan so‘ng o‘t o‘chiruvchilik xizmatiga kirdim.
Shundan keyin notobligim, zaifligim sababli
o‘t o‘chiruvchilikdan bo‘shab ketib, ikki yilga-
cha erlar gimnaziyasida qorovul bo‘lib xizmat
qildim... Men butun tartibni bilaman. Mardikor
esa sodda odam, u hech narsani tushunmay-
di, mening aytganlarimga quloq solishi lozim,
chunki o‘ziga foyda bo‘ladi. Misol uchun shu
ishni olaylik... Men odamlarni hayday bosh-
ladim. Suv bo‘yidagi qum ustida bo‘lsa o‘lgan
kishining gavdasi yotipti. Xo‘sh, qaysi asosga
binoan u kishi u yerda o‘lib yotadi, dedim. Shu
ham tartib bo‘ldimi? Nimaga uryadnik indamay
qarab turadi. Sen, uryadnik, nimaga bu to‘g‘ri-
da kattalarga xabar qilmading, dedim. Balki bu
odam o‘zi suvga cho‘kib o‘lgandir. Balki, birov
Do'stlaringiz bilan baham: |