Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Zumrad
tarjimasi
UYQU ISTAGI
Tun. O‘n uch yashar dastyor qiz Varka bola 
yotgan belanchakni tebratadi va eshitilar-eshi-
tilmas ming‘irlaydi:
– Alla aytay senga-yo, 
Alla qo‘zim, alla-yo...
Sanam oldiga shamchiroq yoqilgan, uyning 
u burchagidan-bu burchagiga tortilgan arg‘am-
chiga yo‘rgak latta va katta qora shimlar osil-
gan. Chiroq shu’lasidan shiftga katta doira 
shaklidagi ko‘kimtir dog‘ tushib turibdi. Shim 
va lattalar pechkaga, belanchakka, Varkaga 
uzun-uzun soya solgan... Chiroq lipillaganda 
shipdagi dog‘ bilan soyalarga jon kirib, shamol-
dan silkinayotganday qimirlaydi. Uy dim. Ham-
ma yoqni karam sho‘rva, charm va mum hidi 
tutib ketgan.
Bola yig‘layapti. U allaqachonlar holdan ketib 
tovushi bo‘g‘ilib qolgan bo‘lsa ham, big‘illamoq-
da, hali beri ovunadiganga o‘xshamaydi. Var-
kani uyqu bosib, ko‘zlari yumilmoqda. Bo‘yni 
tolib, boshi yerga og‘ib boradi. Na qovog‘ini qi-
mirlata oladi, na lablarini. Nazarida yuzi qovji-
rab tarashaday qotgan, boshi to‘g‘nog‘ichning 
boshiday kichkina bo‘lib qolganga o‘xshaydi.
– Alla qo‘zim alla-yo, 


Buqalamun
215
Senga osh pishira-yo... –
deb ming‘irlaydi u.
Pechkada chigirtka chirillaydi, narigi uyda 
xo‘jayini va uning shogirdi Afanasiy xurrak tor-
tadi... Belanchak noliganday g‘ijirlaydi. Varka 
ming‘irlaydi. Bularning hammasi qo‘shilib al-
lalovchi tun musiqasiga aylanadiki, bu musiqa-
ni o‘ringa yotib eshitganda huzur qiladi kishi. 
Bu musiqa Varkaning g‘ashiga tegadi, chunki 
uyqusini keltiradi, uxlash esa mumkin emas. 
Xudo ko‘rsatmasin, agar uxlab qolsa bormi, 
xo‘jayini urib o‘ldiradi.
Chiroq lipillaydi, shipdagi dog‘, soyalarga jon 
kirib, Varkaning yarim ochiq harakatsiz ko‘ziga 
suqilganday bo‘ladi... Uning mudrayotgan mi-
yasida aloq-chaloq tushga aylanadi. Varka os-
monda bir-birini quvlashib, boladay yig‘layot-
gan qora bulutlarni ko‘radi. Birdan yel esib, 
bulutlar g‘oyib bo‘ldi va suyuq loy bilan qoplan-
gan keng tosh yo‘l paydo bo‘ldi, yo‘ldan arava-
lar o‘tmoqda, uning orqasidan tugun ko‘targan 
odamlar bormoqda, notayin ko‘lankalar yelib 
yurmoqda: yo‘lning ikki tomonida sovuq tuman 
qoplagan o‘rmon zo‘rg‘a ko‘zga chalinadi. Bir-
dan haligi odamlar tugunlari va soyalar bilan 
o‘zlarini yerga tashlab suyuq loyga yotishadi. 
– «Nega bunday qildinglar?» – deb so‘raydi Var-
ka. – «Uxlaymiz, uxlaymiz», – deyishadi ular. 
Mast va shirin uyquga ketishadi. Qarg‘alar, 
zag‘izg‘onlar telegraf simlariga qo‘nib, xuddi 
yig‘layotgan boladay qichqirishib, haligilarni 
uyg‘otishga urinishadi.
Alla aytay senga-yo, alla qo‘zim alla-yo... – 
deb ming‘irlaydi Varka va o‘zini qorong‘i, dim 
uyda ko‘radi.


Anton Chexov
216
Yerda uning otasi rahmatli Yefim  Stepa­
nov to‘lg‘anayotir, qiz uni ko‘rmaydi-yu, lekin 
og‘riqqa chidolmay, ag‘nayotganini va ingrashi-
ni eshitadi. Unda, uning o‘z ta’biri bilan ayt-
ganda «Churra kasali avj qilayapti». Og‘riq shu 
qadar kuchliki, bir og‘iz so‘z aytishning ilojini 
qilolmay entikadi, ingraydi.
Onasi Pelageya yugurganicha xo‘jayinning 
hovlisiga Yefim o‘lay deyapti, deb aytgani ket-
gan. Uning ketganiga xiyla vaqt bo‘lib qoldi, 
kelaqolsa ham bo‘lar edi. Varka pech ustida 
uyg‘oq yotib, otasining «oh-vohiga» quloq soladi. 
Mana, aravada kimningdir kelib to‘xtagani eshi-
tildi, xo‘jayin, uyiga shahardan mehmon bo‘lib 
kelgan yosh shifokorni yuboribdi. Shifokor 
uyga kirdi, uni qorong‘ida ko‘rib bo‘lmasa ham 
yo‘talgani va eshikni yopgani eshitildi.
– Chiroq yoqing, – dedi u.
– Uh-uh-uh, – deb javob qildi Yefim.
Pelageya irg‘ib pechka yoniga kelib gugurt 
qutisini izlaydi. Bir daqiqa jim qolishdi. Shifokor 
cho‘ntagini kavlab, o‘z gugurtini yoqdi.
– Hozir, taqsir, hozir, – deb, Pelageya yugur-
ganicha uydan chiqib ketdi-da, birozdan so‘ng 
sham qoldig‘ini yondirib kirdi.
Yefimning  ikki  yuzi  yallig‘lab,  ko‘zlari 
yaraqlab turibdi. Ayniqsa ko‘z qarashi shunday 
o‘tkirki, uyni va shifokorni teshib yubormoqchi 
bo‘lgandek tikiladi.
– Xo‘sh, nima bo‘ldi? – dedi shifokor en-
gashib. – Eh-e! Qachondan beri shunday bo‘lib 
qoldi?



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish