Bunyodkor g'oyalar



Download 23,31 Kb.
Sana13.01.2020
Hajmi23,31 Kb.
#33777
Bog'liq
Bunyodkor-goyalar

Bunyodkor g'oyalar. Ko'hna tarix tajribalari, bugungi taraqqiyot saboqlaridan ayon bo'lmoqdaki, dunyodagi q'oya va mafkuralar qanday shaklda bo'lmasin, ular avvalo inson qalbidagi ikki tuyg'u -bunyodkorlik va buzg'unchilik intilishlaridan kuch oladi. Xullas, g'oyaviy nuqtai nazardan olganda, insoniyat tarixi xilma-xil g 'oya va mafkuralurnnig vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g'oyalar maqsad va vazifalari, kimning manfaatlarini ifoda etishiga qarab bir-biridan farq qiladi.

Ayrim davlatlarning zo'ravonlik vasvasasiga berilib, o'z ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor millatichilik, fashizm va ekstremizm g'oyalarini yuzaga keltirgan. Ular butun insoniyatga ko'plab kulfat keltirib, uning taraqqiyotini orqaga surgan.

Ezgu maqsad-muddaolarga xizmat qiladigan mafkuralarga bunyodkor g'oyalar asos bo'ladi. Vayronkor g'oyalar asosida shakllangan mafkuralar esa xalqlar va davlatlarni tanazzulga boshlaydi, insonni asoratga soladi, hayotni qabohatga aylantiradi.

Shu ma'noda, yuksak g'oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. G'oyasi yetuk, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko'rsata oladi.

Jahon tarixidan, jumladan xalqimizning o'tmishidan ham, qaysi sohada bo'lmasin, mardlik va jasorat ko'rsatish uchun insonga ulug'vor g'oya madad ekaniga ko'plab misollar topiladi.

Bashariyat beparvolikka berilib, uning bunyodkorlik intilishlari susaygan paytda yovuz va buzg'unchi mafkuralar jozibali shiorlarni niqob qilib,

Goya va mafkuraning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronlik o’rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi, ya’ni, boshqalar hisobidan boyish, tajovuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o’laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g’oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning muzafar bayrog’iga aylangan



Bunyodkor

g’oyalar





Ozodlik

Mustaqillik




Tinchlik

Adolat




Tehnglik

Hamkorlik




Do’stlik

Birdamlik




Hurfikrlik

Ma’rifatparvarlik



Bag’rikenglik

Xalqparvarlik

Taraqqiyotga xizmat qiladi, jamiyat va insonni

ezgulikka undaydi




odamlarni chalg'itib, hokimiyatga egalik qilib olishi ham mumkin. XX asrning 30-yillarida Italiya Germaniyada fashizmning g'alaba qozonishi, buning natijasida dunyo halokat yoqasiga borib qolgani, insoniyat boshiga tengsiz kulfatlar yog'ilgani bungamisol bo'la oladi. Albatta, fashizm g'oyasi o'z-o'zidan paydo bo'lgani yo'q. U zikr etilgan davlatlardagi o'zaro qarama-qarshiliklar, ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy muammolar natijasida vujudga kelgan va asta-sekin kuchayib borgan. Xususan, Italiyada 1910 yildan «Milliy g'oya» nomli jurnal nashr etila boshlagan. Unda asosan tajovuzkor millatchilik targ'ib etilgan.

Ushbu mamlakatdagi hamda butun dunyodagi taraqqiyparvar kuchlarning bunday noxush holga loqayd qaragani, kurash yo'lida birlasholmagani natijasida fashizm tez orada hukmron mafkuraga aylandi. Bu odamzot uchun achchiq saboq bo'lib, har qanday g'oya va mafkura ezgulik va bunyodkorlik intilishlarini mujassam etmasa, xalqni vayronkorlik sari boshlasa, oxir-oqibatda, inson hayotini xavf ostidaqoldirishi mumkin ekanligini ko'rsatadi.

Ana shunday vayronkor mafkuralardan biri bolshevizm edi. U sinflar o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy qarama-qarshilikni mutlaqlashtirishga, hokimiyatni har qanday yol bilan egallashga, xalqni mulksiz, g'urursiz olomonga aylantirishga qaratilgan edi. U zo'ravonlikni, qon to'kish va ommaviy qatag'onlarni oqlash uchunjamiyatni sun'iy ravishda qarama-qarshi taraflarga ajratdi. Bunday qarama-qarshilik doimiy mafkuraviy targ'ibot natijasida nafaqat guruh va qatlamlarni, balki oilalarni ham qamrab oldi.

Odamlar «qizillar va oqlar»ga bo'linib ketdi. Buning natijasida ota o'g'ilga, aka ukaga, do'st birodarlariga qarshi kurashdi. Qisqasi, xalqning kuch-idroki bunyodkorlikka emas, vayronkorlikka yo'naltiriladi. Yaratish, ijod qilish emas, balki buzish va yo'q qilish, odam o'ldinsh mardlik va qahramonlik sifatida ulug’lanadigan bo'ladi.
Milliy istiqlol g'oyasi xalqimizning asriy orzu-intilishlarini ifoda etadi. Shuning uchun ham u bunyodkor g'oyadir. U ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishni har bir yurtdoshimizning e'tiqodiga aylantiradi. Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbi vaongidamustaqil e'tiqod va dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangi jamiyat barpo etish jarayonining faol ishtirokchilariga aylantirish milliy istiqlol g'oyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Buning uchun odamlarga mustaqillik yillarida enshilgan yutuqlarni hayotiy dalillar asosida aniq va lo'nda qilib tushuntirish zarur. Milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha vatamoyillarini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish, birinchi navbatda, rah bar kadrlar, ziyolilar, ommaviy axborot vositalari xodimlarining fuqarolik burchidir. Milliy mafkura masalalariga loqaydlik umummilliy Wanfaatlarimizga butunlay yot bo'lgan mahalliychilik, to'rachilik, urug'-aymoqchilik singari illatlarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Odamlarni biror bir g'oyaga ishontirish uchun, awalo, uni targ'ib etuvchi kishining o'zi unga ishongan bo'lishi lozim. Ana shu sababdan ham milljy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini amalga oshirish jarayonida har bir kishi bunyodkor kuchga aylanadi. Chunki bu g'oyaning ma'no-mazmuni bunyodkorlik ruhi bilan yo'g'rilgan.

Jamiyat hech qachon faqat o'z shaxsiy manfaatini ko'zlaydigan odamlar toifasidangina iborat bo'lib qolmaydi. Aslida, kishilar umumiy manfaatlarni teran anglash natijasida jamoat bo'lib uyushadi va shu tariqa o'zlari shakllantirgan ijtimoiy talab hamda me'yorlarga asosan faoliyat ko'rsatadi. Bu haqiqatni anglash, ayniqsa, hozirgi o'tish davridanihoyatda muhimdir. Shu bois jamiyat a'zolarini umumiy maqsad va manfaatlar asosida birlashtirish milliy istiqlol g'oyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Inson qalbida Vatan deb atalmish ulug' bir oilaga, tabarruk bir maskanga mansublikni his etish, ya'ni yurtga muhabbat tuyg'usi o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi, balki izchil yo'lga qo'yilgan tarbiya natijasidayuzagakeladi, Shu ma'noda, milliy istiqlol g'oyasi jamiyat a'zolari ongiga teran singib borgani sari ularning barchasi umumiy maqsad yo'lida o'zaro hamkor va hamjihat bo'lib harakat qiladigan maslakdoshlarga aylanadi.

Milliy istiqlol g'oyasining olijanob vazifalaridan yana biri yurtdoshlarimizni asrlar davomida xalqimiz qalbidagi shakllanib kelgan, istiqlol tufayli yuzaga chiqqan maqsad-muddaolarni amalga oshirish yo'lida safarbar etishdan iboratdir. Bunyodkor g'oyaning bu vazifasi jamiyatimizda yuz borayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarda, hayotimizdagi ma'naviy o'zgarishlarda, xalqning yaratuvchilik faoliyatida, Vatanimizda qad rostlayotgan ko'rkam binolar, yirik inshootlar, ravon ko'prik vayo'llar, go'zal shahar va qishloqlar misolida yaqqol namoyon bo'ladi.

Milliy istiqlol g'oyasining safarbar etuvchilik xususiyati, ayniqsa, tarixiy o'zgarishlar davrida aniq ko'zga tashlanadi. Masalan, mamlakatimiz mustaqilligi va yaxlitligiga tahdid soladigan mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda xalqni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ulug' maqsadlar yo'lidajipslashtirish va safarbar etishdamilliy istiqlol g'oyasi g'oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: 1999 yil Toshkentda ro'y bergan portlashdan keyin va 2000 yilda Surxondaryo viloyatining Tojikiston bilan chegaradosh bo'lgan joylariga dushmanlar kirganida yurtimizda ana shunday safarbarlik tuyg'usi yaqqol nomayon boldi.

Bus-butun yaxshilik g'oyalari bilan sug'orilgan «Avesto» kitobi va shunga o'xshash tarixiy merosimiz ham bunyodkor, ezgu g'oyalar hayotda nechog'li muhim rol o'ynashini yana bir karra tasdiq etadi. Bu g'oyalarning bashariyat tomonidan yakdillik bilan qabul qilinishining asosiy sababi ham ana shu umuminsoniy ezgulik, bunyodkor g'oyalar ekaniga hech qanday shubha yo'q. Mangulikka daxldor bunday tarixiy meroslarning siri ana shunda.

Do'stlik, hamjihatlik, farovonlik, ozodlik kabi ezgu g'oyalar bunyodkor g'oyalardir. Fashizm,bolshevizm, shovinizm, mayda millatchilik, ekstremizm va terrorchilik kabi yovuzlik g'oyalari vayronkor g'oyalardir. Prezidentimiz Islom Karimov bunyodkor va vayronkor g'oyalar o'rtasidagi kurash dialektikasini shunday ta'riflab bergan: "Mening nazarimda, odamning qalbida ikkita kucli - bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o'zaro kurashadi. Afsus bilan ta'kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko'ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya'ni xatti-harakatlarini qo'zg'atib yuborish osonroq".

Bunyodkor g'oya va mafkuralar esa o'z ta'sirini ma'rifat asosida yoyishga intiladi. Prezident Islom Karimov aytganidek, ular jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurash olib boradi. Chunki bunday g'oya va mafkuralar o'z haq-huquqini chuqur anglab etgan millat yoki xalqning ezgu orzu-intilishlarini ifoda etadi. Bunday g'oya va mafkuraga ega bo'lgan xalq hech qachon tajovuzkor kuchlar ta'siriga tushmaydi. Chunki uning qalbi va ongida bo'shliq bo'lmaydi, u har qanday vaziyatda ham o'zini kuchli va g'olib his qiladi.



AMIR TEMURNING BUNYODKOR G'OYALARI

Amir Temur o'z davrining yetuk davlat arbobi, siyosatchi, harbiy sarkarda va tom ma'noda yuksak fazilatli buyuk shaxs sifatida El-yurt va fuqaroning tashvishi, ma'rifatparvarlik, Vatanparvarlik kabi yuksak insonparvarlik g'oyalarini ilgari surdi. Quyida keltirilayotgan Sohibqiron Amir Temurning so'zlari fikrimizga dalil bo'la oladi: Amir Temur: «Yaxshi podshoh – derdi u ulug' zot, - podshohlik qilish uchun xech qachon yetarli vaqtga ega bo'lmaydi, shuning uchun qudratli alloh bizga muqaddas qarz sifatida topshirib qo'ygan fuqaro foydasiga ishlashga majburmiz. Bu hamisha mening asosiy mashg'ulotim bo'lib qoladi. negaki qiyomat kuni faqirlar etagimdan tortib, mendan qasos olishni talab etishlarini men istamayman».

Amir Temur o'z hayotiy faoliyati davomida adolat tamoyillariga qat'iy rioya qilib yashadi. «Kuch adolatdadir» shiori uning hayot tarziga aylangan edi. «Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o'zimdan rozi qildim. Ochiq yuzlilik, rahm – shavqat bilan xalqning o'zimga rom qildim, adolat bilan ish yuritib, jabr – zulmdan uzoqroqda bo'lishga intildim», - deb takidlaydi.

Amir Temur o'z shoxlik faoliyatida ijtimoiy – siyosiy masalalar bilan birga, madaniyat, va ilm-fanning rivojiga alohida etibor berdi. Buni mamlakatni boshqarishda olimlar, din ulamolari bilan bo'lgan muloqoti misolida ko'rish mumkin.

Amir Temur davlat ishlarida islomga tayanib, musulmon dinini nufuz-e'tiboridan foydalanadi, islom dinining ulug' namoyondalarini e'zozlab hurmat qiladi.

Amir Temur umrining asosiy qismini bunyodkorlik ishlariga bag'ishlaydi.

Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatiga asos soldi: bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va ma'daniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi.

Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo'lishida yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirmni (1389-1402 y.)tor-mor qilib (1402 y.), Usmoniy turklarning istibdodiga tushib qolgan Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarga ozodlik bag'ishladi.

Uchunchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va ma'daniyati rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi.

Amir Temur xukumronligi davrida o'rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm-fan, xalq og'zaki ijodi, adabiyot va san'atning rivojida, madrasalarda ta'lim – tarbiyaning yuqori saviyada bo'lishida muhim omil bo'ldi.

«Sulton har narsada adolatpesha bo'lsin, qoshida insofli adolatli vazirlar saqlasin, toki podshoh zulm qilgudek bo'lsa, ko'p vaqt o'tmay saltanat uyi qulaydi». «Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi azmi qat'iy tadbirkor va hushyor bir kishi, - deb ta'kidlaydi Sohibqiron, - ming-minglab tadbirsiz loqayd kishilardan yaxshidir».

«Davlat – deb aytadi Amir Temur, - lashkarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoiyligila qudratlidir». «Hamishalig' ta'kid etur edim: xon bo'lsang-da bog' yarat gadoy bo'lsang-da bog' yarat – bir kun mevasini tatirsan»

O'zbek xalqining ulug' mutafakkiri, shoiri, davlat arbobi, o'z davrining oqil siyosatchisi, xalqparvar, insonparvar alloma – Alisher Navoiy o'zining butun umrini, kuch - quvvatini ijodini xalqning tinchligi, osoyishtaligini saqlashga, uning orzu – istaklarini ro'yobga chiqarishga sarf qildi.

Alisher Navoiy jahon adabiyoti, madaniyatiga buyuk xissa qo'shish bilan birga, insonlar baxt saodati, mamlakat obodonchiligi uchun kurashdi.

Alisher Navoiy saroyda dastlab muhrdorlik, vazirlik vazifalarni ado etadi, shaharning obodonchiligiga, fuqarolar tinchligi farovonligiga alohida e'tibor beradi va o'zining ijodiy ishini ham davom ettiradi: «Hamsa», «Lison-ut-tayr», («Qush tili»), «Mahbub-ul-qulub» («Ko'ngillarni sevgani») va boshqa asarlarini yozadi.

U o'z asarlarida tarixiy-ma'rifiy, ijtimoiy – tarbiyaviy, insonparvarlik, xalqlar do'stligi haqidagi g'oyalarni ifodaladi.

Navoiy buyuk insonparvar, taraqqiyparvar davlat arbobi, xassos shoir edi. Jomiiy orqali tasavvufning Naqshbandiylik sulukiga qo'shilgan edi. U yurtiga adolatli, ma'rifatparvar shoh rahbarlik qilishini orzu qilar edi.

O'zining «Saddi iskandariy» dostonida Iskandar obrazi axloqiy – bunyodkorlik g'oyalariga monand tasvirlanib, u yetuk olim va donishmand podshoh, iste'dodli sarkarda va xalqparvar davlat arbobi sifatida gavdalanadi.

Ayni vaqtda Iskandarda komil insonga xos xususiyat ham tasvirlanadi: u dili va niyati pok, dono podshoh va dunyo sirlarini bilishga qiziquvchan aql zakovat egasi. Iskandar obrazi orqali Navoiy o'zining ezgu orzusi – jamiyatni hikmat, adolat va insoniylik tamoyillari bilan boshqarish kerak, degan g'oyani ilgari surgan.

«Odami ersang, demagil odami,

Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami»

Jamiyat a'zosi bo'lgan har bir odam o'z xalqiga xizmat qilishi, yordam berishi, foyda keltirishi, xalq manfaatini o'z manfaatidan yuqori qo'ymog'i – xalq uchun, Vatan uchun foyda ekanligini unutmasligi kerak.

Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so'z bilan ham, ko'ngil bilan foyda keltirish kerakligini aytadi, xalq manfaatini o'ylaydigan, xalqning baxt saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi.

Alisher Navoiyning insonga muhabbati Vatanga muhabbati bilan bog'langan. Navoiy el-yurtning obod, farovon, mustaqil bo'lishini va unda insonlarning do'st-yor, ahil, hur yashashini istaydi. Navoiy odamlarni Vatanni sevishga davat etadi.

Ijod etgan barcha asarlarida Navoiy insonparvarlik, el-yurt farovonligi g'oyalarini ifodaladi, ta'lim-tarbiyaga oid fikrlarni bayon etdi. Buyuk alloma o'zining ahloqiy va ijtimoiy – bunyodkorlik g'oyalarini yuzaga chiqarishning asosiy vositalari sifatida ilm- ma'rifat va axloqiy tarbiya, deb bilgan.

Mutafakkirning fikricha, yaxshilikni o'ziga maqsad qilib olgan odam baxtli bo'ladi. bunday odamlar sahiy va himmatli bo'ladilar. «Sahiylik kishilar bog'ining hosildor darahtidir, balki u darahtning shirin mevasidir, odamgarchilik o'lkasining to'lqinli daryosi, balki u to'lqinli daryoning asl gavharidir»



Alisher Navoiy sahiylikni xalqqa, davlatga faqat mol-mulk bilan emas, balki o'zida bo'lgan kuch, bilim ma'naviy yordam-bilim berish kerakligini aytadi. Shoir sahiylik himmatli bo'lish bilan bog'liqligini uqtirib: «Sahiylik odamning badanidir, ximmat uning joni: himmatlilardan dunyoga yuz ming kushoyish bo'lar, himmatsiz kishi er sonidan emas, jonsiz badanni kishi trik demas»

Uning bu g'oyalari barkamol avlodni yetishtirishga xizmat qiladi. Buyuk alloma izhor etgan benazir g'oyalar milliy pedagogikaga boy meros tarzida alohida o'rinda turadi.
Download 23,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish