Vatan baxt-saodati, obodligi uchun fidoyilik — vatanparvarlikning asosiy belgisidir, uning oliy ko’rinishi esa Vatan ozodligi yo`lidagi jasoratdir.
Vatanni asrash yo`lida jasorat ko`rsatgan qahramonlarimiz ko`p. Masalan, miloddan oldingi VI asrda ahmoniylar sultoni Kir II katta qo`shini bilan Vatanimiz hududiga bostirib kirganida, o`sha paytda bu yerda yashagan, bizning ajdodimiz bo`lgan xalqning yo`lboshchisi To`maris o`z qavmi — massagetlarni ularga qarshi jangga boshlagan va g`alaba qilgan. Bu g`alabaning sabablarini tahlil etar ekan, qadimgi tarixchilardan biri: «Vatanga mehr mo`jizalarga undaydi, To`marisning g`alabasi buning bir dalilidir» degan edi. Biz Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Chor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi kurashgan Namoz Pirimqul o`g`li kabi bahodir bobolarimizni ham ana shunday mardligi va jasorati uchun sevamiz va qadrlaymiz. 2000-yilda Vatanimizning janubiy sarhadlariga suqulib kirgan, 2005-yili Andijonda davlat to`ntarishi qilmoqchi bo`lgan terrorchilarga qarshi jon olib, jon berib kurashgan va mardlarcha halok bo`lgan o`g`lonlar ham mustaqil o`zbekistonning asl farzandlari, fidoyi vatanparvarlardir.
Islom Karimov bunday deb yozganlar:
«Shuni alohida ta'kidlash joizki, xalqimiz tarixning har qanday to`fon va suronlariga qaramasdan, milliy o`zligi va azaliy qadriyatlarini saqlab qolib, bugungi dorilomon zamonlarga bezavol yetib kelishida uning qon-qoni, suyak-suyagida bo`lgan ma'naviy jasorat tuyg`usi, hech shubhasiz, hal qiluvchi ta'sir o`tkazib kelmoqda.
Vatan» va « ravnaqi» tushunchalari mustaqillik yillarida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Bugun biz Vatanimiz mustaqil bo`lgan davrda yashamoqdamiz. Mustaqillikni asrab-avaylash vatanparvar insonning eng birinchi vazifasidir.
Fransuz adibi Volter shunday degan edi: «Vatanga bo`lgan muhabbat meni ajnabiylar yutug’idan ko`z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo`lsa, Vatanimni jahondagi boshqa xalqlarning yutuqlari bilan shunchalik ko'p boyitgim keladi.
Vatanparvarlik — millatchilik yoki milliy mahdudlik belgisi emas, balki u yuksak insoniy tuyg`udir. Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotgani, xalqimizning ma'naviyati boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgani — Vatanimiz ravnaqining asosi bo`lmoqda.
Vatan ravnaqi, awalo, xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga asoslanadi. Bu salohiyatni to`la yuzaga chiqarish, iqtisodiyotni ilg`or texnologiyalar asosida yuksaltirish taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jahonda Ford, Rokfeller, Dyupon, Krupp singari uddaburon, g`ayratli kashfiyotchi tadbirkorlar o`z vatanlari tarixida katta iz qoldirgan. Mustaqil o`zbekiston ravnaqi xalqimiz orasidagi ana shunday omilkor tadbirkorlarga ham bog`liq. Shuning uchun yurtimizda jahon bozorida o`zining munosib o`rnini egallaydigan, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarishga qodir bo`lgan mutaxassislarni tarbiyalashga muhim e'tibor qaratilmoqda. Xullas, Vatan ravnaqi g`oyasi o`zbekiston fuqarolarining e'tiqodiga aylansa, yurtimiz yanada taraqqiy topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |