Xulosa va tavsiyalar
Tadqiqot maktabgacha yoshdagi bolalarda mnestik jarayonlarning shakllanish muammosining dolzarbligi va ahamiyatini isbotladi.
Bolalarda mnestik xotiraning shakllanish muammosini tekshirish natijasida biz quyidagi xulosalarga keldik:
Tadqiqot muammosiga doir adabiyotlar tahlili tizimli yondashuv nuqtai nazaridan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari haqida zamonaviy tasavvurlarni tо‘ldirishga imkon berdi. Maktabgacha yoshda xotira bolaning bilish va nutqiy rivojlanishida katta- ahamiyatga ega. Bolalarda xotiraning nutqi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish dinamikasiga ta’sirini aniqlash imkonini berdi..
2.Bolalar rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan diagnostik kompleks mnestik xotira buzilishlarining mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni isbotlash imkonini berdi.
Bolalarda va ularning normal rivojlanayotgan tengdoshlaridan bolalarda eshituv nutqiy xotira kamchiliklarining sifat jihatidan о‘ziga xosligi va turli darajadagi xarakterini va ularni bartaraf etishning turli dinamikasi bilan xarakterlanuvchi uch darajada namoyon bо‘lishini aniqladi.
Tadqiqot nafaqat xotirani rivojlantirishga yо‘naltirilgan, balki psixologik ta’sir samaradorligini oshirish imkonini bergan mnemotexnik usullarni qо‘llash yordamida maxsus ishlab chiqilgan metodikasini qо‘llashning maqsadga muvofiqligini tasdiqladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan psixolog ishni takomillashtirishga kо‘maklashuvchi quyidagi pedagogik sharoitlar ishlab chiqildi va aprobatkasiyadan о‘tkazildi:
maktabgacha ta’lim muassasasi psixologining ishida bolada mnestik jarayonlarning shakllanganlik darajasini baholash imkonini beruvchi diagnostik usullardan foydalanish;
psixolog faoliyatining mazmunini aniqlashda mnestik jarayonlarni tashxis etish natijalarini inobatga olish;
psixologik korreksiya davomida eshituv nutqiy xotirani rivojlantirishga individul-differensial yondashuvni amalga oshirish;
bolalarda xotirani rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni tashkil etishda mnemotexnik usullar, mnemojadvallar va predmet-amaliy faoliyatdan foydalanish.
Maktabgacha yoshda bolalarda mnestik xotira va nutqning rivojlanish dinamikasiga maxsus tashkil etilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir sharoitlaridagina erishish.
Nazorat eksperimenti natijalarining tahlili shuni kо‘rsatdiki, biz tomondan taklif etilgan metodika samarali hisoblanadi va bolada mavjud til komponentlarining buzilishlarini bartaraf etibgina qolmay, bolalarda mnestik xotiraning samarali kechishi uchun psixologik kо‘rsatmalarni yaratish imkonini beradi. Bu esa ularning maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishlariga kо‘maklashadi.
Eksperimental tadqiqot ilgari surilgan farazning tо‘g‘riligini tasdiqlaydi va tadqiqot maqsadiga erishildi, uning vazifalari esa, amalga oshirildi deb hisoblashga asos beradi.
Ilmiy izlanishlar davomida о‘rganilgan maxsus adabiyotlar va ilmiy izlanishlar, olib borilgan tadqiqot ishi va sharhlovchi eksperiment ishlari natijalarini tahlil bizga izlanish olib borgan muammo bolalarning nutqiy xotirasining shakllantirish yuzasidan mutaxassis, tarbiyachi va farzandi bо‘lgan ota-onalarga quyidagi qator о‘yin va usullarni tavsiya qilish imkoniyatini beradi.
“Dо‘kon”. Bolaga “dо‘kon”ga borish taklif etiladi va barcha sotib olinishi kerak bо‘lgan predmetlar (mahsulotlar)ni eslab qolish sо‘raladi. Dastlab 1-2 predmetlarni eslab qolishni sо‘rashdan boshlanadi va asta-sekin bu predmetlarning soni 5-7 gacha kо‘paytiriladi. Bu о‘yinda rollarni almashtirib turish juda foydalidir: kattalar ham, bolalar ham galma-galdan qizi (yoki о‘g‘li), ona (yoki ota) va albatta xaridorning buyurtmasini diqqat bilan tinglab, sо‘ngra esa buyumni barchasini olib kelish uchun ketadigan sotuvchi rollarini almashtirish foydali. Har xil turdagi “Non mahsulotlari”, “Sut mahsulotlari”, “О‘yinchoqlar” va boshqa turdagi dо‘konlarni tanlash va almashtirib turish mumkin.
1-jadval
« Ko’ruv xotirasi » bо‘yicha topshiriqni jami 14 ta bolalar bajardi. 14 nafar bolalar xotira darajasi bo’linganda: 1-darajalarga 2 ta, 2-darajaga 3 ta,
3-darajaga 5 ta 4-darajaga 2 ta va 5-darajaga 2 ta kirdi.
2-jadval
“ Uzoq muddatli xotirani tekshirish” metodikasi
Metodikani baholash tizimi
|
Bajarishni foizi
|
Ishtirokchilar soni
|
5 ball
|
50 %
|
7 ta
|
4 ball
|
30 %
|
4 ta
|
3 ball
|
20 %
|
3 ta
|
«Uzoq muddatli xotirani tekshirish» metodikasi bо‘yicha berilgan vazifalarni jami bolalarning 14 tadan (100%), 7 ta ( 50%) bolalar deyarli tо‘liq takrorlay oldilar, qolgan 30 % (4 ta) blalarning natijalari juda past bо‘ldi. Ular berilgan jami 12 ta sо‘zdan bor yо‘g‘i ikkita yoki uchtasini eslay oldilar, 20 % (3 ta) bolalar esa topshiriqni bajara olmadilar.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |