Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o‘ylab yashash zarur



Download 22,65 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi22,65 Kb.
#293870
Bog'liq
42-mavzu


Bugun dunyoda keskin kurash va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora ortmoqda. Faqat o‘zini o‘ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati turli yo‘llar bilan odamlar, ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti.

Terrorizm, ekstremizm, transmilliy va kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Ba’zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda.

Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o‘ylab yashash zarur.

Prezidentimiz raisligida joriy yil 19 yanvarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamiyat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish, jamiyat hayotida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi xamkorlikni kuchaytirish borasidagi ishlar har taraflama tahlil qilinganida chuqur ma’no mujassam.

Yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol topadigan avlodni tarbiyalash turli ma’naviy tahdidlardan himoyalangan yangi avlodni yetishtirish demakdir.

Bu jarayonda Prezidentimizning “Agar jamiyat tanasi iqtisod bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga kirishar ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, degan purma’no fikrlari biz uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi lozim.

Dunyoda globallashuv kechayotgan va mamlakatimiz o‘z taraqqiyot yo‘lida yangi demokratik fuqarolik jamiyati barpo etayotgan bugungi davr o‘z xususiyatlari bilan bir tomonda jadal sur’atlar asosida rivojlanishni namoyon etayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan har bir davlat uchun ichki hamda tashqi tahdidlar yuzaga kelayotgani bilan xarakterlanayotir. Sayyoramizdagi bunday vaziyatda davlatimiz rahbari tomonidan jahon maydonidagi siyosiy jarayonlar va mamlakatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit tahlil qilinib, qator muhim ustuvor vazifalar belgilab berilgani ayni muddao bo‘ldi. Jumladan, yaratilayotgan O’zbekistonning mafkurasi – ezgulik, odamiylik va gumanizm g‘oyasi bo‘lishi, “ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv muassasasi negizida ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish, respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi barcha hududiy kengashlarning, vazirlik, idora va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishi, markaz va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik ta’minotini keskin kuchaytirish, uning faoliyatini ilmiy-tadqiqot va targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishlarida qayta tashkil etishga e’tibor yanada kuchaytirildi.

“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchilarni va taniqli ziyolilarni biriktirish, milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish, uning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish, yoshlarni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatish, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirish kabi takliflar olg‘a surildi. Demak, bugungi davr targ‘iboti shaxs bilan jamiyat, jamiyat bilan davlat, o‘tmish bilan bugun, bugun bilan kelajak, demokratiya bilan milliy davlatchilik, milliylik bilan umuminsoniylik, axloq bilan huquq, iqtisod bilan siyosat, ma’rifat bilan ma’naviyat masalalarini o‘ziga xos hamda umumiy jihatlarini keng xalq ommasiga tushuntirish, ular orasidagi uyg‘unlikni tahlil etishga qaratilgan, yangi jamiyatning yangi mezonlarini o‘z vaqtida aniq, to‘g‘ri ilg‘ab olishga yo‘naltirilgan.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hozirgi globallashuv jarayonlari keskinlashayotgan bir davrda ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyat a’zolarida turli vayronkor g‘oyalarga nisbatan ayovsiz keskin munosabatni shakllantirish hamda barqarorlashtirish biz ziyolilarning muhim vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Shu orqali aholisi o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy muvozanatni saqlash, yosh avlodni nafaqat jismonan sog‘lom, balki, ma’nan barkamol etib tarbiyalash, milliy g‘urur, milliy iftixor, daxldorlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish lozim. Bunday ezgu maqsadda Prezidentimizning “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu ma’naviy tarbiyani o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan boshlash, mahalla a’zolarini jahon maydonidagi siyosiy voqyelikdan xabardor qilib borish, xalqimizga xos milliy urf-odatlar, qadriyatlarni singdirish asosida ajdodlar merosini o‘zlashtirish hamda milliy g‘oya va ma’naviyat sohasidagi bilimlarni o‘rganishga berilayotgan e’tibordir.

Shu o‘rinda yana bir narsani ta’kidlash lozimki, milliy g‘oyani singdirishda milliy tarixni o‘rganish, uning tarbiyaviy ta’sirini orttirish, mamlakatimizda tarix fanini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqilishi quvonarli bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, milliy g‘oyani mustahkamlashda, ma’naviy dunyoqarashimizni boyitish va tashqi salbiy ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirishda boshqa fanlar singari tarixning o‘rni juda muhimdir.



Xulosa qilib aytganda, bizning asrimizga kelib masofa bilmas, hudud bilmas voqyelikka aylangan terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlik, separatizm kabi tashqi tahdidlar, zo‘ravonlik, axloqiy buzuqlik, ommaviy madaniyat, egosentrizm, kosmopolitizm, korrupsiya, jinoyatchilik, millatchilik, loqaydlik singari ichki mafkuraviy-g‘oyaviy tahdidlar siyosiy, ma’naviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng jamoatchilik orasida yanada kuchaytirish, uning ko‘lamini, ilmiyligini, hayotiyligini oshirishni taqozo etmoqda.



Download 22,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish