Buloqboshi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli
26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31- dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g’risida”gi 831-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi guruhining 8-sonli yigilish
BAYONNOMASI dan ko‘chirma
2022 yil 28-may Baynalminal MFY
Qatnashdilar:
1.X.Abdurahimov–maktab direktori, ishchi guruh raisi
2. N.Qorayeva – o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, mas’ul kotibi
3. N.Aliakbarova – ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, a’zo
4. M.Arziyeva - maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, a’zo
5. D.Tumanova – ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi a’zo
6. S.Abdullayeva –maktab kuzatuv kengashi raisi, a’zo
7. M.Arziyev - ota-onalar qo‘mitasi vakili, a’zo
KUN TARTIBI:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g’risida”gi 831 -sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda o‘qituvchilar 2021-2022 o‘quv yili uchun jamg’arma xisobidan belgilangan xar oylik ustamalarni amalga kiritilgan talablar asosida qayta ko‘rib chiqish va uning mablag’laridan foydalanish tartibi to‘g’risidagi Nizom”ning 6-bob, 20-bandiga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga hamda o‘quvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga, tegishli sinflar va o‘quv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘liq hajmining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinishi darajasiga va o‘quv jarayoniga qo‘shilgan aniq hissasi, o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga ustamalar belgilash to‘g’risida.
Eshitildi:
Kun tartibidaga qo‘yilgan masala yuzasidan ishchi guruhi raisi Х Abduraximovning axboroti eshitildi :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g’risida”gi 831-sonli qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan 1-
ilovasi, Nizomga muvofiq maktabda o‘rnak ko‘rsatgan o‘qituvchilarni 2022-2023 o‘quv yili uchun jamg’arma hisobidan belgilangan har oylik ustamalarni amalga kiritilgan talablar asosida maktabda tashkil etilgan ishchi guruh ishtirokida ko‘rib chiqilishi jarayonida shaffoflikni ta’minlanishi xaqida aloxida takidladi.
Maktab tashkil etilgan ishchi guruh mas’ul kotibi N. Qorayeva so‘zga chiqib, maktabda 2021-2022 o‘quv yilida jami 53 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritib, ularning ish faoliyati xaqida axborot berib o‘tdi. Berilgan axborotlar natijasida 2021-2022 o‘quv yilida eng namunali faoliyat olib borgan o‘qituvchilar va metod birlashma rahbarlarining faoliyati bo‘yicha 2022-2023 o‘quv yili uchun qo‘shimcha ustamalar olishi mumkun bo‘lganlarning yig’ma jildlari arizasiga ko‘ra ishchi guruh a’zolariga o‘rganib chiqishlari uchun taqdim etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |