I. SHARTNOMA PREDMETI
1. Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini ta’minlagan holda unga sifatli ta’lim-tarbiya berish, sog’lig’ini muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, ota-ona esa tarbiyalanuvchini tashkilotga topshirish, tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun badal to’lovni o’z vaqtida amalga oshirish va tashkilotining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar ta’minoti uchun to’lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa byudjet mablag’lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni hamda tashkilotning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yo’naltiriladi.
Bunda tashkiloining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo’naltiriladigan mablag’lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to’lovidan tushgan mablag’larning 5 foizidan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |