O‘zbek tili - davlat tili
Ona tili (5-sinf)
1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim-tarbiya ishlari, majlislar, ish qog‘ozlari, asosan, o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi.
Har bir millat o‘z hayoti davomida aloqa-aralashuv quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi. Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o‘rni beqiyos bo‘lganligi, bola ilk tovushlarni, so‘zlarni onasidan eshitganligi bois, bu tilga ona tili deyiladi. Ota-bobolarimiz asrlar davomida bizning ona tilimiz bo‘lgan o‘zbek tilini asrab-avaylab kelganlar.
Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi.
Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |