3. Shakliy (etimologik) yozuv (tamoyil). Bu qoidaga ko‘ra boshqa
tillardan kirgan so‘zlar o‘sha tillarda qanday yozilsa, shunday yoziladi: stol, stul, drama, shtab, klub, kross, prokuror, trotuar, trolleybus, stenografiya, traktor, fikr, zikr.
4. Tarixiy-an’anaviy yozuv bo‘yicha so‘z va qo‘shimchalar tarixan,
an’anaviy tarzda qanday yozib kelingan bo‘lsa, hozir ham shunday yozilishi
mumkin:
1. Buyruq-istak mayli eski adabiyotimizda qo‘llanib kelgan an’anaga ko‘ra, she’riyat va nasr tilida ba’zan –gil, -g‘il tarzida ishlatiladi: borgil//borg‘il.
2. Maqsad ma’nosini anglatuvchi –gani shaklining –gali, -g‘ali, -kali, -qali shakllari.
3. Hozirgi-kelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi –ur shakli:
Yulduzlar o‘tiga bardosh berurman
Fazolar taftiga qilurman toqat. (A. Oripov)
4. –mi so‘roq yuklamasi:
Sevgini tortib bo‘lurmu
Tosh-u tarozi bilan. (E. Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |