Matnni kengaytirish yo‘llari:
-matnning bosh fikri, g‘oyasini shakllantiruvchi tayanch so‘z yoki gap, ifodani aniqlash va shunga bog‘liq holda o‘z mustaqil, ijodiy fikrini ifodalovchi gap, ifoda qo‘shish;
-matn mazmunini maqol, matal, hikmatlar bilan boyitish, dalillar bilan asoslash;
-gapni uyushiq bo‘laklar, kiritmalar, ajratilgan bo‘laklar hisobiga kengaytirish;
-so‘z va birikmalarni ma’nodoshlari-tasviriy ifodalar, frazeologik iboralar va boshqa badiiy tasvir vositalari bilan almashtirish;
-sodda gapni qo‘shma gapga, qo‘shma gapni alohida sodda gaplarga ajratish;
-asosiy fikrni ifodalovchi gapga qo‘shimcha fikr, izoh bildiruvchi sintaktik parallel gaplarni mantiqiy izchillikda bog‘lab kiritish;
-matnning kirish, xulosa qismlarini o‘z qarashlari, mulohazalari, ilovalari bilan to‘ldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |