Ona tili fani va uning bo‘limlari
Ona tili (5-sinf)
Til o‘z ichki tuzilishiga ega. Tilning ana shu ichki tuzilishidan qaysisini o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani ham bir necha bo‘limlarga bo‘linadi.
Tilning tovush tuzilishi fonetika bo‘limida, harflar tizimi esa grafika bo‘limida o‘rganiladi.
So‘z va uning ma’nolari leksikologiya bo‘limida, so‘z turkumlari morfologiya bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning bog‘lanishi sintaksis bo‘limida o‘rganiladi.
Shunday qilib, tilshunoslik fonetika (grafika), leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo‘limlarining uzviy bog‘liqligidan iboratdir.
1. Fonetika
2. Orfoepiya (to‘g‘ri talaffuz)
3. Orfografiya (imlo)
4. Grafika (yozuv)
5. Leksikologiya
6. Semasiologiya
7. Etimologiya
8. Frazeologiya
9. Leksikografiya (lug‘atshunoslik)
|
10.Morfemika (so‘z tarkibi)
11.So‘z yasalishi
12.Morfologiya
13.Sintaksis
14.Uslubiyat (stilistika)
15.Punktuatsiya (tinish belgilari)
16.Dialektologiya (shevashunoslik)
17.Til tarixi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |