Nisbat va bo‘lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko‘makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin. Zamon, shaxs-son qo‘shimchalari, fe’lning vazifa shakllari faqat ko‘makchi fe’llarga qo‘shiladi.
Eslatma: Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida o‘zlik nisbat qo‘shimchalari faqat yetakchi fe’lga qo‘shiladi: boshlanib ketdi. Majhul nisbat qo‘shimchalari ko‘pincha ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib yuborildi. Orttirma nisbat qo‘shimchasi asosan yetakchi fe’lga qo‘shiladi: ko‘rsatib yubordi. Birgalik nisbat qo‘shimchasi esa yetakchi fe’lga ham, ko‘makchi fe’lga ham qo‘shilaveradi: ko‘tarishib bordi - ko‘tarib borishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |