So‘z yasalishining tuzilishi
1. Ter, terim, terimchi. 2 Tara, taroq, taroqchi so‘zlariga e’tibor bersangiz, shuni sezasizki, birinchi guruhdagi so‘zlarning hammasida ter so‘zi takrorlanadi, ikkinchi guruhdagilarida esa tara qismi hammasi uchun umumiy sanaladi.
Ko‘rinadiki, so‘z yasalishi hodisasi o‘zining ichki tuzilishiga ega bo‘ladi va ikkita tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: a) yasashga asos qism; b) yasovchi vosita. Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so‘zida ter qismi yasashga asos, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan hosila esa - terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so‘zida esa terim yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi esa yasalma sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |