Etimologik lug‘at va undan foydalanish
Tildagi har bir so‘z o‘zining kelib chiqish tarixiga, etimologiyasiga ega. Masalan, ichkari so‘zi ich o‘zagida tomon ma’nosini beruvchi gari qo‘shimchasidan iborat. Toshkent so‘zi qadimda Shosh, Choch nomlari bilan yuritilgan. Aylishlariga qaraganda, bug‘doy, sholi yanchiladigan xirmonning o‘rnini, maydonni choch, shosh deb atashgan ekan. Unga joy ma’nosini bildiruvchi kent so‘zini qo‘shishib, Chochkent — Toshkent deb atay boshlashgan.
Tildagi so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘z ichiga olgan lug‘atlar etimologik lug‘atlar sanaladi.
Prof. Sh.Rahmatullayevning ko‘p yillik samarali mehnatlari tufayli o‘zbek tilida ham dastlabki etimologik lug‘at paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |