Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvchi adabiy til yozma adabiy til sanaladi. Masalan, gazeta-jurnallar tili, ish qog‘ozlari tili va boshqalar.
Tovushlar vositasida og‘zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til og‘zaki adabiy til deyiladi. Masalan, radio, televideniye orqali uzatiluvchi suxandon yoki jurnalist nutqi va hokazolar.
Adabiy tilning rivojlanishida badiiy asarlarning xizmati katta, chunki adabiy til me’yorlarining shakllanishida adabiyotning ta’siri kuchli bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan adabiy til bilan badiiy til bir narsa emas. Badiiy tilda adabiy til bilan birgalikda turli shevalarga yoki kasb-hunarga mansub personajlar nutqi ham ishtirok etadi.
Badiiy til (badiiy nutq), adabiy tilning og‘zaki so‘zlashuv uslubi, publitsistik uslub, rasmiy uslub singari uslublardan biri, ya’ni badiiy uslub sanaladi. Ko‘rinadiki, adabiy til badiiy tildan kengroq tushuncha bo‘lib, badiiy tilni ham o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |