7-rasm. Buxoro viloyati tumanlarida sabzavot ishlab chiqarish
Buxoro viloyati stasistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan
Bir yilda bu yerda o’rtacha 30-35 ming tonna paxta, 50 ming tonnadan ziyod g’alla, 45 ming tonnaga yaqin turli xil sabzavot yetishtiriladi; g’allaning hosildorligi gektariga 40,3 sentnerni, paxtaniki 27,3 sentnerni tashkil qiladi. Albatta, boshqa tumanlarga qaraganda, bu yerda bog’dorchilik va uzumchilik nisbatan rivojlangan.
“Abdullo Aslon “fermer xo’jaligi 2006 yil tashkil etilgan bo’lib, umumiy yer maydoni 90 gektar shundan: paxta 50 gektar, bug’doy 30 gektar, poliz ekinlari 10 gektar. 2016 yilda fermer xo’jaliklari davlatga 185 tonna paxta va 105 tonna bug’doy topshirdi. Paxtadan olingan daromad 250 mln bug’doydan olingan daromad, 170 mln boshqa sohalardan olingan daromad 50 mln, 2016 yilda ko’rilgan sof foyda 110 mln so’mni tashkil qilgan. Fermer xo’jaligida 30 nafar ishchi bo’lib, ish haqqi o’rtacha 450-500 ming so’m bundan tashqari fermer xo’jaligida 250 bosh qoramol, 50 bosh qo’y hamda 150 ta tovuq bor. Fermer xo’jaligida har yili pilla ham topshiradi. 2016- yilda 480 kg topshirgan fermer xo’jaligida yana takroriy ekin sifatida 10 gektarga sholi ham ekilib, 50 tonna sholi hosili, 12 gektariga tariq ekilib, 30 tonna hosil olingan.
Kelajakda fermer xo’jaligida 1 gektar yer maydoniga issiqxona qurish rejalashtirilmoqda.
Agroiqlimiy sharoitlardan, xususansuv bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda bu yerda yer maydonining iqtisodiy salohiyati yuqori emas; sug’orma dehqonchiligi asosan hududi kichik bo’lgan janubda, tumanning voha qismida rivojlangan, xolos. Buxoro tumanining qolgan qismi cho’l qismini esa ekstensiv qishloq xo’jaligi – chorvachilik egallaydi.
Prezident farmoni bilan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklarida ustuvor yo’nalish berilganligi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida fermer xo’jaliklarining ulushi ortib borayotganligi kuzatilmoqda.
Mamlakatimizning barcha viloyatlari singari, Buxoro viloyatida ham g’alla ekinlari, asosan bug’doy yetishtiriladi. Yaqin yillargacha Respublika g’alla mahsulotlari bilan o’zini to’la ta’minlay ololmas edi. Endilikda, samarali agrar siyosatni amalga oshirish tufayli, O’zbekistonda g’alla mustaqilligiga erishildi. Agar mamlakatda 1990 yili 2 million tonnadan biroz ortiq g’alla olingan bo’lsa, 2000 yilga kelib bu raqam 7140,1 ming tonnani tashkil etdi. 1990 yilda yetishtirilgan g’alla tarkibida bug’doy 553 ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilga kelib u 6000 tonnadan ortdi. Buxoro viloyatida 2013 yilda 92,6 ming ga yerga donli ekinlar ekilib, undan 622,6 ming tonna hosil olindi. Mazkur raqam respublikada yetishtirilgan g'alla hosilining 8,7 foiziga teng.
Mamlakatimiz ehtiyojini paxta, bug’doy, sholi, makkajo’xori, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari va uzum, olma hamda ozuqa ekinlari bilan atroflicha qondirish va to’liq ta’minlash prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan eng asosiy va o’ta muhim satsial-iqtisodiy vazifalardan biri qilib belgilangan. Shu maqsadda bir qator chora – tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |