Kassatsiya instansiyasi sudi –qaror, hukm chiqargan sudga nisbatan bevosita yuqori turuvchi sud.
Kafillik – majburiyatlar bajarilishini ta`minlashning bir shakli. FKning 292-moddasiga asosan, kafillik shartnomasi bo`yicha kafil boshqa shaxs o`z majburiyatlarini to`la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o`z zimmasiga oladi. U kelgusida vujudga keladigan majburiyatni ta`minlash uchun ham tuzilishi mumkin.
Kontraktatsiya – mahsulot yetishtiruvchi bilan davlat yoki bosh xaridor o`rtasida tuziladigan qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetkazib berish to`g`risidagi shartnoma.
Majburiyat –FKning 234-moddasiga binoan, fuqarolik huquqiy munosabati bo`lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko`rsatish, pul to`lash yoki muayyan harakatdan o`zini saqlashga majbur bo`ladi, kreditor esa qarzdordan o`zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |