Бухоро мусиқа фольклорининг тарихий- назарий ва амалий масалалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/132
Sana22.04.2023
Hajmi2,52 Mb.
#931061
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132
Bog'liq
2727 1 8FAAC8D54443D577FE4AE489E38E20EFBF56A0FD

1.Ovozning sadosi: 
2.Tabiiy tarzda shakllangan xonandalikka xos unsirlar: ovoz tebranishi, nola, 
qocirim va h.k: 
3. Xotira, zehn, iqtidor

4. Kuyga va she’rga munosabat. Zero, xonadalikka qiziquvchi yoshlarning 
barchasida han kuy va she/rga bo;lgan munosabat ko’ngildagidek bo’lavermaydi; 
5.Undagi nutq. 
Ba’zi yoshlarning nutqida defektologik yoki fonetik nuqsonlar uchrab turadi. Bu 
nuqsonlarni ayrim hollarda turli mashqlar yordamida tuzatish mumkin. Ba’zi hollarda esa 
bu imkonsizdir: 
6.Ta’limga qadar ularda shakllangan musiqiy idrok va talqinning darajasi. 
Bulardan tashqari bo’lg’usi xonanda qay darajada egiluvchanligi, tiniqlik 
darajasi,ijro jarayonida pardaga munosabati, o’zini qay tarzda tutishi kabi omillar ham 
muhimdir. Balo’atga etmagan mutasiya arafasidagi bolalar va qizlarda yuqorida zikr 
etilgan hollardan tashqari quyidagilarga e’tiborni qaratish kerak. 
1.
 
Bola ovozining qay darajada chiniqqanligi.
Bolalar va qizlarda ovoz tez charchab,hirrillab qolish holati ko’p uchraydi. Bunday 
ovozlarga juda ehtiyotkorona yondashish kerak. 
2.
 
Ovozning ijro davridagi holati. 
Ba’zi bolalar so’zlarni talaffuz etishda unli 
tovushkarni burun orqali sadolantiradi. Bolalarning ko’pchiligida tovushni tomog’ini 
qisib chiqarish hollari ham mavjud.
 
3.
 
Bola ovozidagi premar hudud.
Bolalarda, ayniqsa ,mutasiya davrida 
organizmdagi anatomic o’zgarishlar oqibatida ovozda sezilarli o’zgarishlar paydo bo;la 
boshlaydi. Ba’zi bolalarning ovozi yo’g’onlashib boradi,ba’zilarida esa hastalik paydo 
bo’ladi. Bunday holatlarda o’quvchi ovozi bilan ishlash jarayonida uning ovozidagi 
premar hududga alohida e’tibor berish kerak.
 
Mutasiya davrini o’tayotgan bolada uchtadan beshtagacha nisbatan tiniq 
sadolanuvchi pardalar bo’ladi. Mana shu pardalar bola ovozida premar hudud 
hisoblanadi. Ovozni tarbiyalashda qolgan tiniqlik darajasini ana shu premar hududdagi 
pardalarga yaqinlashtirishga intilishimiz kerak. Xonandalikka qabul qilingan bola 
ovozidagi mazkur premar hudud ovozning u yoki bu darajada shakllanishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Mutasiya davrining o’ziga xos tomoni shundati, bu davr qiz bolalarda o’g’il 


131 
bolalarga nisbatan oson kichadi. Ya’ni,mutasuyada ko’p hollarda qizlarning ovozida 
nisbatan o’zgarish kamroq bo’ladi, hatto yoshligidagi ovozi mutasiya davri o’tgach ham 
deyarli o’zgarishsiz qolishi mumkin. Demak,qiz bplaning ovozi bilan mutasiya davrida 
ishlash nisbatan osondir. Ammo, ovozga nisbatan talab va mas’uliyat o’g’il bolaga ham 
qiz bolaga ham har qanday halatda bir xilda bo’lishi shart deb o’ylaymiz. 
O’gil bolalardagi mutasiyaning xavotirli bir holati bor. Mutasiyadan keyin bolaning 
ovozi qanday shaklga kelishini oldindan bashorat qilishning deyarli iloji yo’q. 
Ehtimol,shuning uchun bo’lsa kerak,Qadim zamonlarda balog’atga etmagan Bolani 
xonandalikdan shogirdlikka qabul qilishmagan. Talaba ovozini an’anaviy xonandalikka 
moslashtirishda undagi tabiiy sadoga imkon qadar putur etkazmaslik talab etiladi. 
Har qanday ovozning o’ziga xos yaxshi shakllangan, auni vaqtda hali 
shakllanmagan taraflari bo;lib,ular shubhasiz ma’lum pard ava ohanglarda o’z ifodasini 
topadi. Ovoz bilan ishlayotgan o’qituvchi asosan yaxshi shakllangan, nisbatan tiniq ovoz 
registriga alohida e’tibor berishi, ovozdagi qolgan pardalar tiniqligini ana shu 
shakllangan pardalar darasiga yaqinlashtirishga intilishi maqsadga muvofiqdir. 
Talaba ovoziga xos yana bir xususiyati, ta;bir joiz bo’lsa, murakkablik shundaki, bu 
ovozlarda biz diyorimizda mavjud xilma-xil an’anaviy ijro yo’nalishlarining ta’siriga 
duch kelamiz. Ovoz bilan ishlash jarayonida bu factor juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chuki, talaba ovozidagi bu xususiyatni imkon qadar boyitib,ayni vaqtda o’zi 
tarbiyalangan ijro yo’nalishini ham rivojlantirib borish ovoz tarbiyasining eng zarur 
omillaridan biridir. Xonanda ovozining bu yo’sinda tarbiyalash, chiniqtirib boorish uning 
ma’naviy va axloqiy barkamol bo’lishini ham ta’minlaydi. 
Har bir ustozning ulug’ maqsadi o’zi tarbiyalayotgan talabaning salohiyati/ ijroviy 
mahorati yordamida mumtoz an’anaviy ijro maktablarini tiklash, rivojlantirish va yangi 
ijroviy yo’nalishlarni kashf etishdir. 
Adabiyotlar 
1. H.Nurmаtоv, О. Ibrоhimоv, А.Mаnsurоv vа bоshqаlаr.1-7 sinflаr musiqа 
dаrsliklаri. T. 1999, 2000. 2001, 2002, 2003, 2007, 2008 y. 
2.Gulnоrа Shаripоvа.Musiqа o‘qitish mеtоdikаsi. Mа’ruzаlаr mаtni. Tоshkеnt. 
Nizоmiy TDPU. 2000. 
3. N.Hаmrоqulоv Аn’аnаviy ijrоchilik vа mаqоm аsоslаri. Mа’ruzаlаr mаtni.. 
SаmDU 2005. 
4.S.H. Yo‘ldоshеvа. O‘zbеkistоndа musiqа tа’lim-tаrbiyasining rivоjlаnishi. T. 
«O‘qituvchi» 1985. 
5.YU.Rаjаbiy. O‘zbеk хаlq musiqаsi. 1-5 qismlаr. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish