IQTIDORLI OʻQUVCHILARNING MUSIQIY IJODKORLIK
FAOLIYATI
Shamsiyev Sh.I., BuxDU
Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Yosh avlodni ijodiy fikrlashga oʻrgatishga yangi va samarali
yoʻllarni izlab topish faqat oʻqitish metodikasi sohasi taraqqiyoti uchun emas, barkamol
shaxs tarbiyasini amalga oshirishda ham muhim ahamiyatga egadir. Turli metodik
manbaalarda musiqiy bilim oluvchi oʻquvchilarning ijodiy fikrlashga va ijodkorlikka
oʻrgatish borasida garchi yoʻl - yoʻlakay boʻlsa – da turli qarashlar mavjud. Masalan,
baʼzi bir mutaxassislarning fikricha, ijodkorlikni shakllantirish uchun bolalarning
bilimini anglab oʻtish imkoniyatlarini rejalashtirib turli ilmiy axborotlardan toʻgʻri xulosa
chiqarib olishga oʻrgatish jarayoni muhim hisoblanadi. Ushbu nazariy qarashning
ahamiyatli tomoni shundaki, undan barcha turdagi musiqiy mashgʻulotlarda foydalanish
mumkin.
Kalit so’zlar:
isteʼdod, izlanish, ijodiy, munosabat, yondoshish, nazariy,
qiyoslash, tarbiya, tafakkur, harakat, kuy, qoʻshiq, raqs, musiqa.
Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va ijodkorlik
malakasini oʻstira borish uchun kata ahmiyatga egadir. Musiqa darslarida oʻquvchilarni
izlanishning eng qulay usullaridan biri musiqa mashgʻulotlarida ijro va qiyoslash
metodidan foydalanish boʻlib, u quyidagicha amalga oshiriladi. Ushbu nazariy
qarashning ahamiyatli tomoni shundaki, undan barcha turdagi musiqiy mashgʻulotlarda
foydalanish mumkin. Musiqa ijodkorligi faoliyati bolalarda musiqiy tafakkur, izlanish va
ijodkorlik malakasini oʻstira borish uchun kata ahmiyatga egadir. Musiqa darslarida
oʻquvchilarni izlanishning eng qulay usullaridan biri musiqa mashgʻulotlarida ijro va
qiyoslash metodidan foydalanish boʻlib, u quyidagicha amalga oshiriladi.
Oʻquvchi ijrosi namunadagi ijro bilan taqqoslanib, uning yutuq va kamchiliklari
tahlili qilinmogʻi zarur. Musiqa taʼlimiga bu usulda yondoshish bilim oʻquvchini oʻz
ustida mustaqil ishlashga, oʻrganayotgan asar yuzasidan mustaqil fikrlashga, musiqiy
asar ijrosiga ijodiy yondoshishga undaydi.
Musiqa ijodkorligi faoliyati sinfdagi iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilarga eʼtiborni
kuchaytirish, ularning badiiy ehtiyojini qondirish uchun juda muhimdir. Isteʼdodning
oʻz vaqtida namoyon boʻlishi tarbiyaga va qoʻllab-quvvatlashga bogʻliqdir. Yoshlar
98
isteʼdodining namoyon boʻlishiga qobiliyatlarni aniq tahlil etish, bolaning oʻziga xos
fazilatlarini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalaga oshirish uchun
zarur. Qobiliyattlarni rivojlantirishning daraja va bosqichlari yangicha munosabatlar
bilan bogʻliq boʻladi. Musiqiy qobiliyatning maʼlum bir darajasi istalgan oʻquvchida
shakllangan boʻlishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan musiqiy tarbiya va oʻquv jarayoni
sharoitlarida rivojlantiriladi.
Oʻquvchi yoshlarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida isteʼdod va
iqtidorni ongli ragʻbatlantirish, mukammallik uchun sharoit yaratish, ularning musiqa
sanʼatiga boʻlgan munosabatlarini yanada oʻstirish, turli sanʼat tadbirlarida ishtirok
ettirish, olimpiadalar, sanʼat bayramlari, tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.
Musiqa ijodkorligi faoliyati musiqa oʻqituvchisi ijrosiga doira, chertib joʻrovozlik qilish,
tavsiya etilagn kuy ohangiga mos harakatlar topish, berilgan sheʼr parchisiga kuy
bastalash kabi ijodkorlik amaliyolari bilan bajariladi. Musiqa oʻqituvchisi biror musiqani
ijro etganda unga doira bilan sherik boʻlish, avvalo biror ijro etilgan kuyga chapak bilan
joʻr boʻlishni oʻrganishda boshlanadi. Chapak joʻr boʻlgan bola keyinchalik qoshiq,
safoil kabi urma asboblarda joʻrovozlikni oʻrgangach doira bilan sekin-asta joʻrovozlikni
yaxshi oʻrganib, asar ijrosiga qoʻshilishga harakat qiladi. Qoʻshiq ijro etayotgan vaqtda
oʻqituvchi qoʻl harakati bilan odatda asarni taʼkidlash yaʼni qoʻlini pastga tomon
harakatlantirib kuchli hissani, yuqori tomon esa kuchsiz hissani koʻrsatib qoʻshiq
kuylatadi. Bolalar esa ana shu harakatga monand ravishda boshqa asarlaga dirijyorlik
qilib, oʻz isteʼdodlarini koʻrsatish mumkin. Bolaning bu harakatlarini kuzatib turgan
oʻqituvchi dirijyorning mehnatini, buning uchun koʻp oʻqish va yaxshi musiqiy bilimga
ega boʻlishi lozimligini oʻquvchilarga tushuntirib borish kerak. Oʻqituvchi jozibali
kuylay oladigan isteʼdodli bolalarga biror - bir kichikroq sheʼrni qoʻshiq qilb yoki
hirgoyi qilib berishini soʻrash mumkin. Baʼzi qobiliyatli bolalar bu sheʼr parchasiga
yangi kuy bastalay oladilar. Yoki ilgari oʻroganagan biror qoʻshiqning musiqasiga
moslab bemalol kuylab beradilar. Bunday holat isteʼdodli bolalar tomonidan musiqa
bilan harakatda ham sodir boʻladi. Baʼzan sinf konsertida yoki maktabda oʻtkazilayotgan
bayram tadbirlarda har qanday isteʼdodli oʻquvchi koʻpchilik oldida sahnada oʻzini
yoʻqotib sir bosib qoʻshiq matnini yoki raqsdagi harakat sxemasini esdan chiqarib
qoʻyishi mumkin. Ana shunday holda qoʻshiq matnini musiqiy pauza paytida zudlik
bilan toʻqib yoki raqs harakatini vaziyatdan chiqib keta olishi ana shu bolaning ham
iqtidori ham isteʼdodi ham ijodkorligi hisoblanadi. Musiqa oʻqituvchisi bolalar
tomonidan ijod qilib kelingan kuyga, qoʻshiqqa, raqsga, musiqa savodidan tuzilgan
masalaga ijobiy munosabatda boʻlishi, ularning ijodini qoʻllab– quvvatlashi va
ragʻbatlantirib borish zarur. Bularning barchasi bolalarning musiqa sanʼatiga boʻlgan
mehrini yanada oshirishga koʻmak beradi.
ADABIYOTLAR
1.Karimova .D. - Musiqiy pedagogik mahorat‖ asarlari - Iqtisod
Moliya 2008-yil. -103 bet
2.Sanʼat yoʻnalishlarida yoshlarni naʼnaviy-axliqiy tarbiyalash: izlanish, echim,
va istiqbollar‖ mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
toʻplami. Buxoro-2013-yil.70 -71 betlar.
3.Qodirov.G.Q. Boshlangʻich maktabda ovozli kuylash. Toshkent
Oʻqituvchi1992-yil. -156 bet.
4.Hamidova M.A. Xonandalik sanʼati Sanʼat jurnali nashriyoti. Toshkent
99
2009-yil. -247 bet.
5.Yuldasheva N. Raxmatova N. Oʻzbek musiqa adabiyoti. - Iqtisod-moliya
Toshkent. 2010-yil. -138 bet.
6.Xolboyeva G. Yakkaxon qoʻshiqchilik asoslari. -T.: 2008-yil. -183 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |