Бухоро мусиқа фольклорининг тарихий- назарий ва амалий масалалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/132
Sana22.04.2023
Hajmi2,52 Mb.
#931061
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132
Bog'liq
2727 1 8FAAC8D54443D577FE4AE489E38E20EFBF56A0FD

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Жураев Б. Т., Абдурахмонова Д. У. Эстетическое развитие школьников 
средствами узбекского музыкального фольклора //Вестник Чувашского 
государственного института культуры и искусств. – 2019. – №. 14. – С. 77.
2.
Mirzayev T, Sarimsoqov B. «O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi». 
3.
Toshkent O’qituvchi 1990 yil; 
4.
Ibrohimov O.O’zbek xalq musiqasi ijodi. I qism. T. 1994 y.
5.
Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1990; Abdullayev RT.Yunusov R.
6.
Karomatov F., Oʻzbek xalq musiqa merosi, 1—2kitob, T., 1983; 
7.
Ражабов Т. И. Тематическая классификация узбекской детской народной 
музыки и игр //Наука, образование и культура. – 2020. – №. 3. – С. 61-63. 
8.
Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi, T., 1990; Abdullayev RT. 
9.
Aloviya. M.O’zbek xalq marosim qo’shiqlari. T. 1974 y. 
10.
O’zbek xalq musiqasi. III tom. T.1954 y. 
MILLIY MUSIQA SAN’ATIMIZ RIVOJIDA MAQOMLARNING O`RNI 
Ismoilova M.E., 
Qarshi Davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodii.
 
 
O‘zbek xalqi jahon tarixiy taraqqiyotiga o‘zining qadimiy ilm – fani, adabiyoti, 
san’ati va madaniyati bilan ulkan hissa qo‘shgan buyuk millatdir. Milliy ma’naviyatimiz 
rivojida musiqa ham muhim o‘rin tutadi. Milliy musiqa san’atning eng qadimiy va shu 
bilan birga, xalq ommasiga keng tarqalgan, uning turmushiga chuqur singib ketgan 
sohalardan biridir. Musiqa ham real voqelikni aks ettiradi. Musiqaning milliy 
ma’naviyatimizga ta’sir kuchi shu qadar kattaki, uning yordamida bemorlarni davolash 
mumkinligini fan allaqachon isbot qilgan .
Abu Ali Ibn Sino musiqaning ta’sir kuchiga katta ahamiyat berib, ayrim ruhiy 
kasalliklarni musiqa kuylari vositasi bilan davolash mumkin degan fikrni ilgari surgan 
edi.


43 
Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy «Katta musiqa» kitobida, musiqa nazariyasi 
ohanglarining turlari, kelib chiqish sabablari, kishiga ma’naviy, ruhiy ta’siri haqidagi 
qimmatli fikrlarini bildirgan.
O‘zbek eli qadim madaniyati, betakror san’ati bilan dunyo tamadduniga o‘z 
hissasini qo‘shib kelgan xalq. Darhaqiqat, o‘zbekning o‘zligini namoyon qilgan, avvalo, 
uning tili bo‘lsa, ikkinchisi, uning san’atidir. Binobarin, tarixning guvohlik berishicha, 
ona tilimizga ham, betakror san’atimizga ham bo‘lgan tajovuzlar hech to‘xtamagan. 
Biroq har xil diniy, siyosiy va boshqa bir qator tazyiqlar ostida bo‘lsa-da, o‘zbek tili ham, 
o‘zbek san’ati ham o‘zligini saqlab qolgan. Chunki har ikkalasi ham xalqimizning jon 
tomirlariga tutash ijtimoiy hodisadir. Ayni paytda milliy san’atimizni kamsitish, o‘zga bir 
xalqlarning “ijod namunalari” bilan boyitib borish yo‘lini tutganlar. Lekin shunga 
qaramasdan, fidoyi ajdodlarimiz tufayli ona tilimiz ham, milliy san’atimiz ham nafaqat 
o‘zligini saqlab qoldi, balki o‘sib, takomillashib, milliy va umumbashariy qadriyat 
sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. 
Ayniqsa, o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati juda ko‘p tazyiqlarga qaramay o‘z milliy 
yo‘nalishini saqlab qoldi. Bunda atoqli san’at darg‘alarining mehnati beqiyosdir. Bu 
haqda turli risola va maqolalar yozilgan, ularning ijodi ilmiy tadqiqot ob’yekti sifatida 
maxsus o‘rganilgan. Bizningcha, bu juda oqilona, kelajak avlodni o‘ylab qilinayotgan 
xayrli ishlardan biri bo‘lib, ma’naviy merosimizni qadrlashga, undan saboq olishga 
undaydi. Negaki, o‘zbek qo‘shiqchilik maktabi bunday siymolarga nihoyatda boy. 
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib an’anaviy qo‘shiqchiligimiz guldastasi 
navbatdagi avlod qo‘liga o‘tdi. Orif hoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon 
Hotamov, Muhammadjon Karimov, Odiljon Yusupov, Berta Davidova, Fattohxon 
Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Kommuna Ismoilova, Murodjon Ahmedov, Ro‘zimat 
Jumaniyozov, Rasulqori Mamadaliyev, Faxriddin Umarov, Tolibjon Badinov, Quvondiq 
Iskandarov, Alijon Hasanov, Ne’matjon Qulabdullayev, Hadya Yusupova, Otajon 
Xudoyshukurov, Rahmatjon Qurbonov singari mashhur hofizlar shular jumlasidandir. 
XVIII asrga kelib Buxoroning «Shashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», 
«Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o‘zining nasr va mushkulot qismlari 
bilan rivojlangan bo‘lsa, Farg‘onaning «Chor maqom»i (To‘rt maqom), «Dugoh 
Husayniy»ning yettita yo‘li, «Chorgoh»ning oltita ijrochilik yo‘li, «Shaxnozi 
Gulyor»ning oltita ijrochilik yo‘li hamda «Bayot» yo‘llarining savti va taronalari bilan 
jilolanib, ijro etib kelingan. 
Sharq xalqlarining musiqiy merosi bo‘lmish maqom, mug‘om, dastgoh, navba, raga, 
kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan - avlodga og‘zaki ravishda o‘tib 
kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz san’atkorlarning fikri, hamda ilmiy 
tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda O‘rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon 
xalqlari musiqasida quyidagi o‘n ikki (Duvozdah) maqom mavjud bo‘lgan. Bular 
«Ushshoq», «Navo», «Bo`salik», «Rost», «Husayniy», «Xijoz», «Rohaviy», «Zangula», 
«Iroq», «Isfahon», «Zirafqand», «Buzurg». 
Xorazm maqomlarida ham yuqorida ta’kidlangan olti maqom ijrosini alohida 
uslubiy va o‘ziga xos yo‘nalishini kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi 
maqom sifatida chertim yo‘lidagi «Panjgoh» maqomi kiritilgan. Shuning uchun avloddan 
avlodga o‘tib kelgan bebaho musiqiy boyligimiz sanalmish Buxoro, Xorazm va Farg‘ona, 
Toshkent maqomlari, betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan 
ulug‘ ne’mat sifatida ardoqlanadi. 


44 
Xalq san’atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov: «Milliy 
musiqa san’atimiz bamisoli bir daraxt bo‘lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, 
shoxlari Farg‘onadir», - deb ta’riflagan ekanlar. Ustozning bu so‘zlarida katta ma’no 
yotadi. 
Bugungi kunda ustozlar an’anasini davom ettirishib, qator san’atkorlar 
muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Munojat Yo`lchiyeva, O`lmas Olloberganov, Zamira 
Suyunova singari taniqli san’atkorlarimiz ustozlar maktabiga suyangan holda o‘zlariga 
xos ijro yo‘llari va uslublari bilan qo‘shiqchilik xazinasiga sezilarli hissa qo‘shmoqdalar. 
Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, 
maqomlarimiz tarixiy sharoitda yangi ijro yo‘llari sayqallangan ko‘rinishlari bilan 
jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush 
tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom 
yo‘llari ham o‘z o‘rnini topganligi ehtimoldan holi emas.
Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, xalqning orzu-armonlari, o‘y –intilishlarini 
mujassam etgan maqomlarimiz barcha ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, musiqa oliy 
o`quv yurtlari dasturlaridan kengroq joy olgan. Xalqimiz yaratgan musiqa durdonalari, 
har soniyada, tarbiyada, mehnatda, ijtimoiy munosabatda ma’lum darajada o‘z fidoiysini 
topadi. Milliy musiqamiz, ya’ni maqomlarimiz atrofdagi hodisalarni, go‘zallikni idrok 
etishga va qadrlashga o‘rgatadi, nozik did va hur fikr bilan qurollantiradi, ma’naviy 
olamni boyitadi.

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish