BARKAMOL AVLOD TARBIYASI MASALALARI ABU ALI IBN SINO TALQINIDA
Botirov X.A.,
p.f.n., professor,
Xo’jayev B.K.,
p.f.n., dotsent
Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
Sharq ilk Uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri, allomasi va qomusiy olimi Abu Ali Ibn Sino “Shayx
ur-Rais” nomi bilan mashhur bo’lgan edi.uning bu nomga sazovor bo’lishi sabablaridan biri fanning turli
sohalarida faoliyat yurita olganligidadir. Tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, Ibn Sino 450 dan ortiq
asar yozgan, ulardan bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan xolos. Ulardan 185 tasi falsafa, mantiq, psixologiya,
axloq-odob, ijtimoiy-siyosiy muammolarga bag’ishlangan bo’lsa, 50 ga yaqini tibbiyotga ,5 tasimusiqa va
jismoniy tarbiya muammolariga taalluqlidir. Allomaning asarlari orasida “Kitob “An-najot” “Kitob ush-
Shuaro”, ”Tib qonunlari”, ”Donishnoma”, ”Risolai tabirima’nozil” kabilari Sharq va G’arbda mashhurdir.
Abu Ali ibn Sino o’z ta’limotida bvosita pedagogikaga doir asar yozmagan. Ammo, barcha asarlarida
ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar bayon etilgan. Masalan, alloma “Donishnoma” asarida bola uyda har kuni 5-6 soat
faol harakatda bo’ladi. Buni ota-onalar uy yumushlarini bajarishga yo’llash, harakatli o’yinlar bilan
shug’ullanishi, ertalabki mashqlar, gigeyena qoidalariga rioya qilishga o’rgatishlari orqali bevosita o’z o’g’il-
qizlarini jismoniy tarbiyaga o’rgatadilar. Bundan kundalik rejim: ovqatlanish, yuvinish, uxlash rejimi ham
mustasno emas. Alloma ushbu risolasida bolaning harakat yuklamalari va sog’lomlashtiruvchi mashqlarga ota-
onalarning alohida e’tibor qaratishlari ta’kidlangan. Ibn Sinoning ota-onalarga bolani sog’lomlashtirishi
to’g’risidagi tavsiyalaridan biri bolani muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishga
odatlantirishdir. Zero, jismoniy mashqlar va sport sog’lom organism asosi hisoblanadi. Agar inson bolalikdan
boshlab jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullansa, -deydi Ibn Sino, U hech qachon o’z imkoniyatiga oid
sport turini tanlasa, u uzoq yashaydi va hech qachon dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Chunki, jismoniy
mashqlar va sport mushaklar va bo’g’inlarni mustahkamlaydi, asab tuzilishini chiniqtiradi.
Abu Ali ibn Sino o’zining “Tadbir al manozil”(“Turar joyni boshqarish choralari”), ”Risolafi ilm
axloq”, ”Risolafi tazniyat an-nafs”(nafsni toza tutish to’g’risida risola ), ”Risolafi al-ahd (Burch haqida risola)
”Kitob al- insof” (Adolat haqida kitob), ”Donishnoma”, ”Solomon va Ibsol haqida qissa”kabi risolalarida
axloq va ma’naviy-axloqiy tarbiya to’g’risida aniq ko’rsatmalarni bayon etganki, ular bugungi kun barkamol
avlod tarbiyasi tuzumida muhim o’rin tutadi.
Ibn Sinoning axloq va ma’naviy-axloqiy tarbiya to’g’risidagi ta’limotida o’zgalar, jamoa va jamiyat
mafaatining shaxsiy manfaatdan ustuvorligi, halollik, rostgo’ylik, adolat masalalari birinchi o’rinda turadi.
Shunga binoan har bir ota-ona o’z o’g’il- qizini bolaligidan boshlab rostgo’y, halol, mehnatsevar, ilmparvar
bo’lish bilan birga, o’zga kishilar, jamoa, davlat foydasi uchun mehnat qilish va yashash insonni bezaydi,-deb
ta’kidlab, bolada ilk yoshdan boshlab ilmsevarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, halollik fazilarlarini
tarbiyalab borish lozim deb biladi.
Ulug’ mutafakkir “Risola fi ilm al-axloq”nomli risolasida bolaning axloqiy shakllanishi to’g’risida fikr
yuritib,insondagi barcha yaxshi va yomon xulqlarning barchasi ijtimoiy muhim tarbiya va oiladagi odat
Do'stlaringiz bilan baham: |