Бухоро давлат университети “ИҚтисодиёт” кафедраси


BUXORO VILOYATIDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/89
Sana11.12.2022
Hajmi2,43 Mb.
#883764
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
Bog'liq
BN48yaqTgFCuLjxcyGgh12hbvsJCPLu7PdAx8mOG

BUXORO VILOYATIDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH 
TAJRIBA VA IMKONIYATLARI 
Kurbanova Mohinur Xabib qizi 
Buxoro Davlat Universiteti
Urbanizatsiya XXI asrning asosiy masalasi sanalib, aholi soni o’sishi, 
atrof-muhitning o’zgarishi kabi turli muammolarni keltirib, shaharlarda yashil 
maydonlarning kamayishi va atrof-muhit muammolarining ko’payishi yana 
qaytib qishloq hayoti va qadriyatlarining ahamiyatini oshishiga turtki 
bo’lmoqda. O’zbekistonda turizmning bir necha tarmoqlari rivojlangan bo’lib, 
alternativ turizm sifatida qishloq turizmini ham keng ommalashtirish imkoniyati 
mavjud. 
Milliy iqtisodiyotda turistik tarmoqning roli tobora ortib borayotganligini 
so’nggi yillar statistik ma’lumotlaridan kuzatish mumkin. Hozirgi vaqtda 
turizmning mamlakatimiz milliy iqtisodiyotidagi ulushi 2,7 foizni tashkil 
qilmoqda. 2025 yilga kelib ushbu ko’rsatkichni 5 foizga oshirish mo’ljallangan 
[1]. Turizm nafaqat moddiy jihatdan rivojlanishga yordam beradi, balki mahalliy 
aholi va sayyohlar o’rtasida ma’lumot almashish, madaniyat almashinuv, 
qiziqarli ma’lumotlar va yangiliklarga ega bo’lish mumkin.
Qishloq turizmi barqaror rivojlanish tamoyillari asosida ekspluatatsiya 
qilinadigan mahalliy ijtimoiy, madaniy va tabiiy resurslarga tayanadigan 
qo’shimcha xizmatlar yoki obyektlar bilan to’ldiriladigan turar joy xizmatiga 
asoslangan turizmning maxsus turidir [3]. Qishloq turizmi ekoturizm bilan 
o’zaro bog’liq bo’lib, uning tarkibi sifatida qaraladi. Tuzimning mazkur 
yo’nalishi Ispaniya, Fransiya, Italiya davlatlarida keng ommalashgan. Qishloq 
turizmi 2-10 kun ko’pi bilan 3 oy davom etib, o’rtacha $2000 lik daromad 
keltiradi.
Qishloq turizmining o’ziga xos xususiyati dam olish bilan qishloq 
xo’jaligida bajariladigan yumushlarning hamohanglikda olib borilishi bilan 
xarakterlanadi. Uni rivojlantirishda qat’iy talab belgilanmaydi. Bunday 
yo’nalishni rivojlantirishda qishloq joylarida joylashgan madaniyat, ovqatlanish, 
diqqatga sazovor joylar, madaniy markazlarda dam olishni tashkil qilish 
mumkin. Qishloq turizmi dasturlari orqali ko’rsatiladigan xizmatlar 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
• xususiy ko’chmas mulk obyektlarida joylashtirish xizmatini ko’rsatish; 
• ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etish; 
• mintaqaning tarixi va madaniyati bilan tanishish; 
• meva va sabzavotlar terish; 
• xalq marosimlarida ishtirok etish. 


157 
Qishloq hududlarida dehqonchilik va turizmning hamohanglikda olib 
borilishi WWOOF (World Wide Opportunities on Organic Farms - “Organik 
fermalarda butunjahon imkoniyatlari” yoki Willing Workers on Organic Farms - 
“Organik fermalarda ko’ngilli ishchilar”) dasturlari orqali xalqaro miqyosda 
amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu dastur agrar yo’nalishda ilmiy ish olib 
bormoqchi bo’lgan olimlar yoki qishloq hayot tarsi bilan tanishish, hordiq 
chiqarish xohishida bo’lgan kishilarga mo’ljallanib, ko’ngilli ishtirokchilar 
WWOOFga yillik $40-55 miqdorida a’zolik badali to’lab, o’z sayohatlarini 
amalga oshirishlari mumkin. Bu jarayonda ular a’zo fermer xo’jaliklariga borib, 
ham qishloq sharoitida istiqomat qilib, ham dehqonchilik, chorvachilik ishlarida 
fermerga bepul yordam berishadi. Bunda uy egasi ko’ngilli ishchilarni faqatgina 
yotoq va ovqat bilan ta’minlab, o’zaro bepul manfaatga erishiladi. Ushbu 
dasturda O’zbekiston bo’yicha faqatgina Buxoro viloyati yetakchilik qiladi, 
ya’ni Shofirkon viloyatida joylashgan Yangiqishloqda oilaviy fermer xo’jaligi 
ro’yxatdan o’tgan.

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish