Qonning yopishqoqligi suvga nisbatan belgilanadi. Suvning yopishqoqligi 1 ga teng. Qonning yopishqoqligi yirik molekulali oqsillar,shaklli elementlar miqdori bilan belgilanadi. Qonning yopishqoqligi taxminan 5 ga teng. Qonning yopishqoqligi – qon tomirda qon harakatlanishiga qarshilik ko’rsatadi. Qon plazmasini yopishqoqligi suvga nisbatan 1.7-2.2 marta yuqori. Qonning yopishqoqligi asosan eritrositlar miqdori bilan belgilanadi. Anemiyada qonning yopishqoqligi pasayadi. Qonning osmotik bosimi: Erituvchining yarim o’tkazgich membrana orqali past konsentratsiyali eritmadan yuqori konsentratsiyali eritmaga o’tishiga sababchi bo’ladigan bosim osmotik bosim deyiladi.Qonning osmotik bosimi unda erigan moddalar miqdoriga asosan tuzlarga bog’liq. Bu bosimning 60 % NaCl hosil qiladi. Normada qonning osmotik bosimi 7,6 atm. (5700 mm sim.ust., 762 kPa, 282 mОsm/n) ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |