Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
buxgalteriya balansi – 1-shakl;
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot – 2-shakl;
pul oqimlari haqidagi hisobot – 4-shakl;
xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot – 5-shakl;
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar – tushuntirish xati.
Hisobotni tartibga solib turuvchi me’yoriy hujjatlar
-O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni.
-O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2003 yil 24-son 1209-son).
Yillik hisobotlarni tayyorlashdan oldin bajaraladigan ishlar hajmi
- tashkilotning mol-mulkini va ularni shakllantirish manbalarini inventarizatsiya qilish
Buxgalteriya registrlarini yopish
Tegishli buxgalteriya registrlarida ma'lumotlarning uzviy bog'liqligi
Hisobot shakllarini tuzish va ularning moddalarini (ko'rsatkichlarini) o'zaro bog'liqligi
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy hisobotining tarkibi hamda mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.