1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o’zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko’paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. CHunki barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. SHu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyatsiyasini quyidagi chizma orqali ham izohlash mumkin (2-chizma).
CHizmadan ko’rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko’payishi qisqa muddat ichida yalpi talabni AD1 dan AD2 ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig’ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3) kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o’sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining ro’y berishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |