Buhgalteriya hisobi va audit


Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari



Download 2,76 Mb.
bet295/374
Sana07.01.2022
Hajmi2,76 Mb.
#328834
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   374
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi — копия

1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari

Ishchi kuchi – bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo o’zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog’liqdir. Bundan tashqari ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt o’tishi bilan qariydi. Ularning o’rinlarini bosadigan o’rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, bola-chaqasi bo’lishi lozim, ularning o’sib-ulg’ayishi, o’qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo’lishi zarur.

Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo’lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo’lib uning yoshi va mehnatga bo’lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band bo’lgan pensionerlar ham ishlashi mumkin.

Ishchi kuchi resurslarining faol va potentsial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo’jaligida band bo’lganlar potentsial qismi hisoblanadi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o’sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o’rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo’lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni paytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to’la va samarali band bo’lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o’z ichiga oladi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo’lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo’ladi. SHu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko’payishi hisoblanadi.

Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o’z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bog’liq bo’ladi.



Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2008 yilning 1 yanvar holatiga 27,1 mln. kishini tashkil etib, u oldingi yilga nisbatan 408,0 ming kishiga yoki 1,5% ga o’sgan. Aholining tabiiy o’sishi 463,7 ming kishini tashkil etib, shundan 333,5 ming kishi yoki 71,9% qishloq joylariga to’g’ri keladi. O’zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (20.1-jadval).


Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish