14-MAVZU. IQTISODIY O’sish va milliy boYlik
Reja:
1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari.
2. Iqtisodiy o’sishning omillari.
3. Iqtisodiy o’sish modellari.
4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. SHu sababli mavzu iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Mavzu davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham o’rin ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |